$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Hozirga qadar jazolanishdan qochib yurgan 37 nafar jinoyatchi Turkiya hududidan topildi

jinoyatchi qochqin

O‘zbekistonda tergov va suddan yashiringan ayrim shaxslarning Turkiya hududida boshpana izlashga urinishi oxirgi yillarda tez-tez uchrayotgan holatlardan biriga aylangan. Biroq Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi huquqiy hamkorlik natijasida bunday shaxslarni javobgarlikka tortish borasidagi sa’y-harakatlar tobora samarali tus olmoqda, deb xabar bermoqda Istanbul Bosh konsulxonasi.

Joriy yilda 37 nafar jinoyatchi Turkiya hududida yashiringan

2024-yilning o‘tgan 10 oyi davomida, aynan huquqiy yordam tadbirlari doirasida, qardosh davlat hududida javobgarlikdan qochib yurgan 37 nafar jinoyatchi qo‘lga olinib, odil sudlovga havola etildi. Ushbu shaxslarning uzoq vaqt davomida yashirinishi ularni jazodan qutqarib qolmadi, aksincha, bu harakatlar jinoyatchilikka qarshi kurashning kuchayishiga sabab bo‘ldi.

Jinoiy javobgarlikdan qochishning oqibati og‘ir

Istanbul Bosh konsulxonasi barcha qidiruvdagi shaxslarga murojaat qilib, yagona va to‘g‘ri yo‘l – bu O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yoki huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilish ekanini eslatmoqda. Qonuniy jarayonlarda o‘z himoya huquqidan foydalanish sud va tergov ishlarida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvlari asosida, kelgusida jinoyatchilikka qarshi kurash yanada kuchaytirilib, qidiruvdagi shaxslarni qo‘lga olish tadbirlari kengaytirilishi kutilmoqda. Jinoyat qonun bilan jazolanadi. Konsulxona matbuot xizmati jinoiy javobgarlikdan qochayotgan shaxslarga nisbatan hech qanday murosaga bormasligini yana bir bor eslatib o‘tdi.