$
 12557.67
2.51
 13448.01
17.76
 147.37
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Og‘ir sharoitga tushib qolgan qizlarga uylar beriladi

positive

Og‘ir sharoitga tushib qolgan qizlarga uylar beriladi

Prezident yig‘ilishida og‘ir sharoitga tushib qolgan, uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar qurilishi ma’lum qilindi.

Uylar qurilishi boshlanadi

Prezident yig‘ilishida bundan keyin qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali uylar qurib beriladigan bo‘lib, hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini tayyorlash hamda qurilishni boshlash vazifasi topshirildi.

Imkonsizlik qizlarni oyog‘idan chalmaydi

Endilikda sog‘ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladigan bo‘ldi.

150 ming yosh uchun ish o‘rinlari va qulayliklar

Viloyat, tuman hokimlariga yoz mavsumida maktab, texnikum, oliygoh, istirohat bog‘larida mehnat yarmarkalarini o‘tkazish topshirildi.

 Bu orqali vakant o‘rinlarga kamida 150 ming yoshlarni ishga joylashtirish mumkin.

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. O‘quvchilarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.

Yig‘ilish davomida katta topshiriqlar va va’dalar berildi. Endilikda ular qanchalik o‘z o‘rnida va qonuniy amalga oshadi, amaldagina ko‘rishimiz mumkin.

Теги :
Жамият