$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

21 milliard kub metr gaz, murojaatlarni joyida hal etish: Qish uchun aholiga qanday va’dalar berildi?

tok svet elektr

Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, tarmoq korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu vazifalar 10-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda belgilab olingandi.

Gaz sarfi 1,6 barobar kamaygan

Aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining ortib borayotgan talabiga mos hajmlarda gaz yetkazib berilayotgani qayd etildi.

“Tarmoqlar modernizatsiya qilinayotgani, iqtisodiyotda energiya samaradorlik oshirilayotgani natijasida yo‘qotishlar kamaymoqda. Masalan, so‘nggi yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun gaz sarfi 1,6 barobar kamaygan. Oldinda yana ko‘p vazifalar bor. Hozirgi mavsum va kelgusi yillarda aholini energiya manbalari bilan barqaror ta’minlash, buning uchun yetarli zaxira tayyorlash zarur”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Bu qishda isteʼmolchilarga qancha gaz yetkazib beriladi?

Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil qish mavsumida iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib beriladi. Taqqoslash uchun: 2020-yilning kuz-qish mavsumida iste’molchilarga 24,9 milliard kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan edi.

Havo harorati keskin tushib ketsa, aholi ehtiyoji yanada oshadi. Mutasaddilar bu boradagi rejalarni oyma-oy va tumanlar kesimida bayon etdi.

Ijtimoiy muassasalar va korxonalarni energiya bilan uzluksiz ta’minlash uchun alohida zaxira inobatga olingan. Ma’lum qilinishicha, ushbu tabiiy gazni issiqlik elektr stansiyalari, kimyo va metallurgiya korxonalari, gaz quyish shoxobchalariga manzilli yetkazish bo‘yicha tizim tashkil etilgan.

Prezident tarmoqlarda gaz hisobi va nazorati bo‘yicha boshlangan ishlarni qat’iy davom ettirib, yo‘qotishlarni yanada kamaytirish mumkinligini ta’kidladi. Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlarida gazni tejash bo‘yicha aniqlangan imkoniyatlarni boshqa hududlarda ham amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.

Energiya ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni joyida hal qilish lozim

Davlat rahbari mutasaddilarga ishni tuman va mahallalar miqyosida tashkil etib, energiya ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni joyida hal qilish, talab va iste’molni muvofiqlashtirib, uzilishlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda gaz sohasidagi transformatsiya jarayonlariga ham to‘xtalib o‘tildi. Tarmoq korxonalari xalqaro moliya bozoriga chiqib, modernizatsiya uchun mablag‘larni mustaqil jalb etishi belgilandi.

“Gaz tarmoqlarini yangilash va tartibga solishda eng katta imkoniyat — raqamlashtirish va xususiy sheriklik. Shu nuqtai nazardan, tarmoqqa xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.

Prezident har bir tarmoq va uning korxonalari kesimida tannarxni kamaytirish, xarajatni maqbullashtirish va transformatsiya jarayonini tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb etib, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish muhimligi aytildi.

Теги :
Jamiyat