Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Farg‘onalik shaxs onlayn qimorga 1 milliard pulni tikib yubordi

Bu fuqaro tanishlari nomiga kreditlar olib, pullarni onlayn qimor o‘yinida sarflab yuborgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Qimor o‘yini "qurbonlari"

Tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlarining zarari va oqibatlari haqida qanchalik ko‘p gapirilsa ham, buning natijasida xonavayron bo‘lib, hattoki, o‘z joniga qasd qilayotganlarni ko‘rib turib ham yana shu yo‘lga kirish holatlari uchramoqda.

Farg‘onalik shaxs ham oson daromad ko‘rish maqsadida bir nechta fuqarolarni chuv tushirib, pullarni o‘zlashtirgan hamda onlayn qimor o‘yinlariga ishlatib yuborgan.

Boshqalar nomiga olingan kreditlar

Ushbu shaxs o‘zi bilan ishlovchi hamkasblari nomiga, ularga bildirmasdan bir necha bank mobil ilovalari yordamida 800 millionga yaqin kreditlar rasmiylashtirgan va ularni onlayn qimorga tikib yuborgan.

Jinoyat ishi

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

https://t.me/zamon_lavhalar/23592