$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Qimorboz yigit jinoyatga qo‘l urdi

qimor

O‘zbekistonda yana bir mudhish jinoyat sodir bo‘ldi. Onlayn kazino o‘yinlariga mukkasidan ketgan yosh yigit katta miqdorda qarzga botganidan so‘ng o‘z muammosini hal qilish uchun shafqatsiz yo‘lni tanladi

Qimor jinoyatga yetakladi

Fojia Farg‘ona viloyatida sodir bo‘ldi. Yosh yigit tanishlaridan katta miqdorda qarz olib, onlayn kazinoda omadini sinab ko‘rishga qaror qiladi. U pul yutib, qarzidan qutulish va hatto foyda qilishni o‘ylaydi. Ammo natija kutilganidek bo‘lmaydi va u bor pulini yutqazdi, qarz esa yanada ortdi. 

Vaziyatdan chiqishning ilojini topolmagan yigit jinoyat yo‘liga kirdi. U kechasi birovning uyiga bostirib kirib, pul va qimmatbaho buyumlarni izlashni boshladi. Ammo u uy egasini uyg‘otib yubordi. Ayol unga qarshilik ko‘rsatishi mumkinligini tushungan jinoyatchi qo‘liga pichoq oladi va ayolni ikki farzandi oldida shafqatsizlarcha o‘ldiradi. 

Sud hukmi

Jinoyat ortidan huquq-tartibot organlari gumondorni qo‘lga oldi va sud unga 17 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.  

Теги :
Jamiyat