Jannatim qaynotam: Andijonda “uchar” kuyovning jarimalarini qaynotasi toʻladi
Kuyov ayolining nomidagi Lacetti avtomobilida 68 ta jarimaga tushgani sabab mashina jarima maydoniga joylashtirilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Kuyov ayolining nomidagi Lacetti avtomobilida 68 ta jarimaga tushgani sabab mashina jarima maydoniga joylashtirilgan.
Muntazam tezlikni oshirgan
Majburiy ijro byurosi Matbuot xizmati xabariga koʻra, Andijon shahrida yashovchi M.A. turmush oʻrtogʻining egaligida boʻlgan Lacetti avtomashinasini boshqarib, yoʻllarda harakatlanish tezligini muntazam ravishda me'yoridan oshirib kelgan. Buning natijasida, 68 marotaba ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan.
28 mln soʻm jarima
Viloyat IIB YHXB organlari tomonidan Majburiy ijro byurosi Andijon shahar boʻlimiga kelib tushgan jarima solish toʻgʻrisidagi 68 ta qarorlarga muvofiq M.U.dan jami 28 mln soʻm undirilishi belgilangan.
Kuyovining jarimalarini qaynotasi to‘ladi
Boʻlim davlat ijrochisi avtomashina egasini jarima pullarini toʻlashi yuzasidan ogohlantirgan. Shuningdek, qarzdorlik toʻlanmagani sababli Lacetti rusumli avtomashina jarima maydoniga olib kirib qoʻyilgan.
Shu sababli, kuyovi M.A. boshqaruvida sodir etilgan 68 ta jarima uchun qaynota 28 mln soʻm miqdoridagi ma'muriy jarimalarni toʻlab berishini bildirdi va qizining egaligidagi avtomashinani jarima maydonidan olib chiqdi.



