$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

"Bahouddin Naqshband"ga chiqarilgan 115 mln. so'm qarzdorlik

Bahouddin

"Bahouddin Naqshband"ga chiqarilgan 115 mln. so'm qarzdorlik

"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ ga belgilangan tariflarni oshirib qo‘llash va qo‘shimcha to‘lov hisoblaganlik bo'yicha ish ochildi.

Belgilangan ta'riflardan oshiqcha to'lov

"Bahouddin Naqshband" yodgorlik majmuasi markazi tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.

Murojaatda elektr tarmoqlari amalda belgilangan tarifga nisbatan qo‘shimcha to‘lov hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ralgan.

Amalda belgilangan ta'rif 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-avgustdagi 364-sonli qarori 3-bandi da O‘zbekiston Respublikasi hududidagi diniy tashkilotlar 2003-yil 1-sentyabrdan boshlab ularga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarga to‘lovlarni aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lashi ko‘rsatilgan.

Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganishlar jarayonida, "Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan "Bahouddin Naqshband" yodgorlik majmuasi markaziga yetkazib berilgan elektr energiya uchun yuritilgan hisob-kitoblarda yuqoridagi qaror talablariga rioya qilmagan holda amalda belgilangan tariflarni oshirib qo‘llash natijasida majmuaga nisbatan 115,0 mln so‘mlik qo‘shimcha to‘lov hisoblanganligi aniqlangan.

Elektr tarmoqlari korxonasiga ochilgan ish

Bu holatga nisbatan "Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning "Buxoro hududiy elektr tarmoqlari" AJga qonunchilikda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.

Теги :
Jamiyat