$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Qarzdorlar uchun Majburiyatlar reyestri joriy etiladi

qarzdor

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan ushbu qonun loyihasi sohadagi mavjud muammolarni hal qilish hamda fuqarolar huquqlarini to‘liq himoya qilishga xizmat qilishi qayd etildi.

Amaldagi tizim muammolari

Bugungi kunda amaldagi qonunchilikka muvofiq, agar qarzdorning undirilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari mavjud bo‘lmasa, ijro ishi yuritish tugatiladi. Ammo bu tartib ko‘p hollarda turli e’tirozlarni keltirib chiqarib, qonun ustuvorligini va fuqarolar huquqlarini to‘liq ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli, yangi qonun loyihasi aynan ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Majburiyatlar reyestri

Loyiha doirasida Majburiyatlar reyestri joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu reyestr orqali qarzdorning mol-mulki yoki mablag‘lari aniqlangan taqdirda, ilgari tugatilgan ijro ishi qayta tiklanadi. Bu tartib ijro hujjatlarini to‘liq va so‘zsiz bajarish imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, Soliq kodeksiga o‘zgartishlar kiritilib, reestrga kiritilgan soliq qarziga penya hisoblanmasligi belgilanmoqda. Bu esa qarzdorlar uchun muayyan yengilliklarni ta’minlaydi va ularning moliyaviy yukini kamaytirishga xizmat qiladi.

Majlis davomida qonun loyihasining qabul qilinishi sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini tugal ijro etilishini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, loyiha fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilish uchun muhim huquqiy asos yaratadi.

Qonun loyihasi birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Теги :
Jamiyat