Eng ko‘p soliqdan qarzi bor xodimlar qaysi tashkilotlarda ishlaydi?
2025-yil 1-yanvar holatiga 129 099 ta tashkilotning 441,2 ming nafardan ziyod xodimida 495 771 soliq obyekti bo‘yicha 337,9 mlrd. so‘m to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
2 daqiqa o‘qiladi

2025-yil 1-yanvar holatiga 129 099 ta tashkilotning 441,2 ming nafardan ziyod xodimida 495 771 soliq obyekti bo‘yicha 337,9 mlrd. so‘m (yer solig‘i - 210,1 mlrd. so‘m, mol-mulk solig‘i - 127,8 mlrd. so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Shundan:
· 62,4 mlrd. so‘m – budjet tashkilotlari xodimlari;
· 10,3 mlrd. so‘m – nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
· 265,2 mlrd. so‘m – tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):
· qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 36,5 mingta tashkilotda ishlovchi 55,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 65,5 mlrd. soʻm;
· sanoat sohasidagi 16,3 mingta tashkilotda ishlovchi 80,3 ming nafar xodimning soliq qarzi – 58 mlrd. soʻm;
· savdo sohasidagi 29,6 mingta tashkilotda ishlovchi 44,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 42 mlrd. soʻm;
· qurilish sohasidagi 8,5 mingta tashkilotda ishlovchi 32,1 ming nafar xodimning soliq qarzi – 39,6 mlrd. soʻm;
· tashish va saqlash sohasidagi 4,2 mingta tashkilotda ishlovchi 20,3 ming nafar xodimning soliq qarzi – 13,1 mlrd. soʻm;
· yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 6,9 mingta tashkilotda ishlovchi 10,9 ming nafar xodimning soliq qarzi – 10,7 mlrd. soʻm;
· sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 3,1 mingta tashkilotda ishlovchi 5,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 3,8 mlrd. soʻm;
· axborot va aloqa sohasidagi 1,3 mingta tashkilotda ishlovchi 4,7 ming nafar xodimning soliq qarzi – 4 mlrd. soʻm;
· boshqa faoliyat turlari sohasidagi 11,5 mingta tashkilotda ishlovchi 35,5 ming nafar xodimning soliq qarzi – 28,5 mlrd. soʻm.
TOP-3 tashkilot
Tashkilotlar kesimida oladigan bo‘lsak, eng ko‘p qarzdorligi bor xodimlarga ega tashkilot “Temiryo‘llarinfratuzilma” AJ - 1,5 mlrd. so‘m. Undan keying o‘rinda xodimlarining 1,4 mlrd. so‘mlik qarzi bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” turibdi. Top-3likka esa “UzAuto motors” AJ yakun yasab bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, “UzAuto motors” xodimlarining soliqdan qarzdorligi – 1,3 mlrd. soʻm.



