$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Intellektual o‘yinlar binosi uchun 36 milliard, OITSga qarshi kurashish markazi laboratoriyasini jihozlashga esa bir milliard so‘mdan oshiq ajratiladi — Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori

 Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi "Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2024-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida"gi qarorni qabul qildi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarorida ma’lum qilinishicha, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tutash hududda intellektual o‘yinlar binosini qurish ishlari uchun 36 mlrd. 264 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, qarorga muvofiq mahalliy byudjetning 2024-yil davomida shakllangan mablag‘lari hisobidan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Alisherobod, Chingeldi va Barkamol nasos stansiyalariga 4 dona zamonaviy energiya tejamkor nasos agregatlarini o‘rnatish xarajatlari uchun 400 mln. so‘m, Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovi g‘oliblarini taqdirlash uchun esa 68 mln. so‘m berilishi ko‘zda tutilgan. 

Tibbiyot yo‘nalishi

Bundan tashqari, OITS kasalligiga qarshi kurashish uchun profilaktika tadbirlariga 155 million so‘m, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish laboratoriyasini jihozlash xarajatlari uchun 1 mlrd. 83 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi. Toshkent shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasini rekonstruksiya qilish uchun 2,9 mlrd. so‘m berilishi ko‘zda tutilgan. 

Amalga oshirilgan ishlar qarzdorligini yopish uchun 

Qarorda qayd etilishicha, "Yagona buyurtmachi xizmati" kompaniyasi buyurtmachiligida Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlar qarzdorligini yopish uchun 17 mlrd. 833 mln. so‘m mablag‘ sarflanadi. Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi, Pensiya jamg‘armasi va G‘aznachilik xizmati boshqarmasiga server sotib olish xarajatlari uchun 701 mln. so‘m beriladi. Ma’lumot uchun, Toshkent shahar hokimi ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan pul ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.