$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Surxondaryo hokimining tuman hokimlari va oʻrinbosarlariga 661 million soʻm mukofot puli ajratish haqidagi qarori bekor qilindi

surxondaryo hokimi

Avvalroq, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘rinbosarlari hamda tuman hokimlarini jami 661 mln. so‘m bilan taqdirlash to‘g‘risida farmoyish chiqargani xabar qilingan edi. 

Ma’lum bo‘lishicha, jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgan ushbu farmoyish bekor qilingan. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi munosabat bildirdi.

Mablagʻlar nimaga yoʻnaltiriladi?

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosarlari hamda shahar va tumanlar hokimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida qabul qilingan 2025-yil 20-yanvardagi 12-8-0-F/25-sonli farmoyish qayta ko‘rib chiqilib, bekor qilingan.

“Mablag‘lar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga yo‘naltirilishi belgilanmoqda”, deyiladi xabarda.

Voqea aslida qanday boʻlgandi?

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat hokimi o‘rinbosarlari hamda shahar va tuman hokimlarini mukofotlash uchun 661 million so‘m ajratish boʻyicha 20-yanvar kuni farmoyish qabul qilgan.

Farmoyishda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosarining 2025-yil 14-yanvardagi bildirishnomasi hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 14-yanvardagi xati inobatga olinib, viloyat byudjetining joriy yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘z faoliyatlarida erishayotgan muvaffaqiyatlari, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni vijdonan, sifatli va o‘z vaqtida bajarayotganliklari uchun mukofotlash belgilangan. Buning uchun jami 661 million 250 ming so‘m ajratilgan. 

Jumladan, viloyat hokimining 7 nafar o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish uchun 201 million 250 ming, viloyat hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘ini rag‘batlantirish uchun 28 million 750 ming ming, shuningdek, Termiz shahar va tumanlar hokimlarini rag‘batlantirish uchun esa 431 million 250 ming so‘m ajratilgan.

Viloyat hokimligi farmoyishiga asossiz ravishda XDFU (xizmat doirasida foydalanish uchun) belgisini qo‘ygan. Shuningdek, “shaxsga oid” degan vaj bilan berkitib qo‘yilgan edi.

Теги :
Jamiyat