Har bir buyuk inson ortida uning ustozi turadi
Ba’zi kasblar borki, ularning haqiqiy qadri yillar o‘tib anglanadi. O‘qituvchilik ham shunday kasblardan biri.
1 daqiqa o‘qiladi

Ba’zi kasblar borki, ularning haqiqiy qadri yillar o‘tib anglanadi. O‘qituvchilik ham shunday kasblardan biri.
Surxondaryolik Hilola Xudoymurodova ham bir vaqtlar o‘zini sinfxona oldida tasavvur qilmagan. Bugun esa u yuzlab o‘quvchilarning hayotida iz qoldirayotgan ustoz. Uning fikricha, bilim — hech kim tortib ololmaydigan eng katta boylik. Afsuski, otasi uning bugungi yutuqlarini ko‘rishga ulgurmadi... Ammo ota bergan tarbiya va ishonch bugun Hilola opa uchun eng katta tayanchga aylangan.
Shu kabi hayotiy va ilhomlantiruvchi hikoyalar Agrobankning “Qahramonlar” loyihasida berib borilmoqda. Bunday loyihalar jamiyatimizdagi o‘z ishini sidqidildan bajarayotgan insonlarni tanitish va ularning mehnatini qadrlashga xizmat qiladi.
Hilola Xudoymurodova haqidagi videoning to‘lig‘ini albatta tomosha qiling. U har birimizga o‘ylash uchun sabablar beradi.



