$
 12857.35
22.74
 14672.81
10.55
 163.45
0.8
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Qabul kvotalari tasdiqlandi

positive

Qabul kvotalari tasdiqlandi

Bu haqida oliy ta'lim vazirligi xabar berdi.

Grant o'rinlari

Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi 36-sonli farmoyishi bilan 2024/2025 o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.

Kvotaga ko'ra, bakalavr kunduzgi ta'lim shakliga – 34 ming 838 nafar grant; magistartura bo'yicha - 9 ming 365 nafar grant o'rinlari ajratilgan. 

Ma'lumot uchun, joriy yilda kvotalaŕ OTMlar kesimida emas, balki yo'nalishlar kesimida hamda faqat davlat granti uchun e'lon qilindi, to'lov-kontrakt uchun esa yo'q.

Bu qaysi ta'li, shakliga tegishli?

Bu kvotalar sirtqi, kechki va masofaviy ta'lim shakli uchun emas, aksincha, faqat kunduzgi ta'lim shakli uchun amalda bo'ladi. Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan taxminan 1 haftada e'lon qilinishi kutilmoqda. 

Ma'lumot uchun, avvalroq OTMlarga kirish imtihonlari boshlangani haqida xabar berilgandi.

Теги :
Jamiyat