$
 11970.68
36.04
 13902.75
6.06
 163.18
-0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Qog‘oz pullardan foydalanish ko’proq pulni tejaydi

Naqd va karta Foto: Kun

Onlayn jarayonlar mablag‘larimiz sarfiga qanday ta’sir qilmoqda — olimlar shuni aniqlashga urinib ko‘rishdi. Xulosalara shuni ko‘rsatdiki, qog‘oz pullardan foydalanganda — pulingiz ko‘proq tejalarkan. Bu haqda Xabar nashri ma’lum qildi.

71 ta tadqiqot tahlil qilindi

Tadqiqotda davomida 40 yildan ortiqroq davrni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar o‘rganildi. Jami 71 ta tadqiqot tahlil qilindi. 17 mamlakatdan 11 ming nafardan ortiq odam tadqiqotga jalb etildi.

Fenomen effekti

Ma’lum bo‘lishicha, naqd pulsiz to‘lovlarda iste’mol xarajatlari, naqd pulga qaraganda, ancha yuqori ekan. Bu fenomen naqd pulsiz effekt deyiladi.

Boshqacharoq aytganda, agarda siz kredit kartasi, debet kartasi yoki “xaridni hozir qil, pulini keyin to‘la” (bo‘lib to‘lash) xizmati mijozi bo‘lsangiz, tayinki, naqd pul ishlatganga qaraganda, ko‘proq pul sarflaysiz.

Masalan, 3 mln. so‘mlik smartfonni bir marta (naqd) to‘lab sotib olishdan, 5 million so‘mga bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilish jozibali (yoki oson) tuyuladi. Qolaversa, naqdga xarid qilganda bemalol savdolashamiz, narxini tushirishga urinamiz.

Pul kamayishining sezilishi

Naqd to‘laganimizda pulni bevosita ushlaymiz: qog‘oz pul yoki tangalarni sanaymiz va boshqa qo‘lga uzatamiz — qancha moddiy ob’yektni yo‘qotayotganimizni yaxshi his etamiz. Onlayn to‘lovda esa buning aksi — plastikdagi pulning kamayishi cho‘ntakdagi qog‘oz pulning kamayishidan kamroq seziladi.

Texnologiyalargacha davrda odatda cho‘ntakka qarab ish ko‘rilardi

 Xabar nashrida ta’kidlanishicha, hozir tanish-bilishlar o‘rtasida onlayn qarz olish va berish urfga kirgani sir emas. Oson va qulay! Do‘konda biron narsaga pulingiz yetmay qolsa, darrov do‘stlaringizdan biriga qo‘ng‘iroq qilasiz, masala hal. Texnologiyalargacha davrda odatda cho‘ntakka qarab ish ko‘rilardi.

“Yana bir tomoni borki, kartadan kartaga qarz berib, qaytarib olishga qiynalib yurganlar ham talaygina, onlayn pul “yuki” yoki mas’uliyati hali qog‘oz pul darajasiga chiqmagani bunga sababmikan, kim bilsin?” - deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat