$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

“Pul yuvish”ga qarshi kurashishda O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

PUL

Bazel shahri menejment instituti pul yuvishga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatlarning sa’y-harakatlari darajasini tahlil qiluvchi Basel Anti-Money Laundering Index yillik indeksini e’lon qildi.

O‘zbekistonda 5,27 ball

Unga ko‘ra, O‘zbekiston 0 dan 10 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha 5,27 ball bilan 164 ta davlat ichida 81-o‘rinni egalladi. Bunda mamlakatda pul yuvish xavfining eng yuqori darajasi 10, eng pasti esa 0 dir.

Ushbu indeks doirasida yurisdiksiyalar 18 ta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha baholanadi

Ushbu indeks doirasida yurisdiksiyalar 18 ta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha baholanadi, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, korrupsiyaning tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarining sifati, shaffoflik, siyosiy va huquqiy xavflar.

Markaziy Osiyo Qirg‘iziston birinchi o‘rinda

Mazkur reytingda Qirg‘iziston 45-o‘rinda (5,95 ball), Qozog‘iston 111-o‘rinda (4,65 ball), Tojikiston 30-o‘rinda (6,45 ball), Turkmaniston 23-o‘rinda (6,71 ball) joylashgan.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida Chernogoriya eng yaxshi natija (4,23 ball), Turkmaniston esa eng yomon natija (6,71 ball) qayd etdi.

Belarus 53-o‘rinda (5,67 ball), Ozarbayjon 74-o‘rinda (5,40 ball), Ukraina 82-o‘rinda (5,26 ball), Gruziya 113-o‘rinda (4,64 ball). Reytingga Rossiya kiritilmadi.

TOP-5

Bu yil jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfi eng past bo‘lgan 5 ta davlat qatoriga San Marino, Islandiya, Finlyandiya, Estoniya va Andorra kirdi.

Eng yomon ko‘rsatkichlar Myanma, Gaiti, Kongo Demokratik Respublikasi, Chad va Venesuelada.

Теги :
Jamiyat