$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Propan narxlari til biriktirirlgan holda oshirilganmi?

Propan

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Propan” gaz narxlarining keskin oshganligi e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Raqobat qo‘mitasi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda o‘z vakolatlari doirasida tovar-xomashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining quyilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlarni olib borayotganini bildirdi. O‘rganish yakunlari yuzasidan esa qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi haqida xabar berildi. Raqobat qo‘mitasi o‘z funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxi oshishi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlashtirishni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ul regulyatorga (15.07.2024 yil) xabar yuborilgan.

Propan narxi keskin ko‘tarilgan

Odatda yoz oylarida arzonlab ketadigan propan yoqilg‘isining narxi chakana yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘rtacha 4800–5000 so‘mdan 6000–6200 so‘mgacha ko‘targan. Bu vaziyatda ko‘pchilik iste’molchilar yoqilg‘i shoxobchalarini ayblashmoqda.

Aslida vaziyat qanday?

Birja savdolarida propanning narxi 30 kun ichida tonnasiga 6 023,8 ming so‘mdan 7 538,5 ming so‘mgacha qimmatlagan. Ya’ni to‘liq bo‘lmagan 1 oyda propan narxi 25%dan oshgan. 2 oyda esa 44% ga oshgan.

Til biriktirilib propan narxi oshirilganmi?

Propan yoqilg‘isini O‘zbekistonda Lukoyl va O‘zbekneftegaz qaramog‘idagi kompaniyalar ishlab chiqarib taklif qiladi. Eng qizig‘i, propan narxi shimoldagi bosqinchilardan propan importi keskin ko‘paya boshlagach, ayrim zavodlar ishlab chiqarishni to‘xtatib turgandan keyin esa tezroq ko‘tarila boshlagan. Bu yerda qandaydir til biriktirish, o‘zaro kelishuvning ishoralari bordek. Raqobat qo‘mitasi masalani o‘rganishi, nazorat ostiga olishi kerak. Oligarxlar bilan chatishib ketgan energetiklardan o‘zbekistonliklar hech bir yorug‘lik kutishi kerak emas deydi.

Metan narxi anonssiz qo‘yib yuborilgan

Moliya vazirligi (Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘lsa kerak) vakili “metan gaz narxini tadbirkorlar o‘zlari belgilaydi” deya axborot beradi. Energetika vazirligi bilan bog‘langan, biroq ular narx oshishiga izoh bermagan, shuningdek, iyul oyining dastlabki ikki haftasida propan 1200−1600 tonna oralig‘ida birja savdolariga qo‘yilgan bo‘lsa, 15-iyuldan boshlab hajm 1000 tonnadan oshmagani va hatto 800 tonnadan pastga tushganiga e’tibor qaratgan. Metan gaz narxlarining qo‘yib yuborilishi bilan Rossiyadan propan importi oshishi va O‘zbekistondagi zavodlarning "profilaktika" uchun yopilishi bir vaqtda yuz bergani mutlaqo tasodifligiga sog‘lom aql ishonmaydi.