Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Bosh prokuratura: Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd. so‘mi talon-toroj qilingan

Bosh prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 31 ming 087 ta yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlandi.

3 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura: Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd. so‘mi talon-toroj qilingan

Bosh prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 31 ming 087 ta yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Bosh prokurorning mamlakatimiz aholisiga yoʻllagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Unga ko’ra idora rasmiysi aholi bandligi, yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan dasturlar ijrosi ustidan nazorat ham kuchaytirilganini ma’lum qildi.

Kechiktirilgan ish haqi

Qayd etilishicha, o‘rganish davrida 274 nafar ishchi-xizmatchilarning kechiktirilgan 966  mln. so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlangan.

Ishga joylashtirilgan fuqarolar

Prokurorlar tashabbusi bilan 311 marotaba mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 4 ming 312 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilgan.

Talon-toroj qilingan pullar

Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd. so‘mi talon – toroj qilinganligi aniqlanib, 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Temir daftar”, “Ayollar” va “Yoshlar daftarlari”

Prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilalarga har tomonlama koʻmak berilmoqda.

 “Ayollar” va “Yoshlar daftarlari”ga kiritilgan 243 ming 456 nafar xotin - qizlar va 29 ming 198 nafar yoshlarning huquqlarini himoya qilishga doir ishlar davom ettirilmoqda.

Kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganish kurslarida oʻqitish

 Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida, 2 ming 460 nafar yoshlarning ish bilan ta'minlanishida, 3 ming 793 nafariga ijaraga yer ajratilishida, 1 ming 10 nafarining tadbirkorlikka jalb etilishida, 3 ming 381 nafariga oʻzini oʻzi band qilishida, 3 ming 270 nafarining kasb - hunar va xorijiy tillarni oʻrganish kurslarida oʻqitilishida koʻmaklashildi.

500 mingga yaqin otaliqqa olinadigan yoshlar

 “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda yoshlarni xatlovdan oʻtkazish ishlari amalga oshirildi va 500 mingga yaqin otaliqqa olinadigan yoshlarning roʻyxatlari shakllantirildi.

 Bugungi kun holatiga yoshlarning 2 ming 881 nafarini bandligi ta'minlandi, 1 ming 796 nafari kasb – hunarga yoʻnaltirildi, 400 nafariga kredit ajratildi, 475 nafariga 536 mln. soʻm moddiy yordam koʻrsatildi, 191 nafar yoshlarga 712 mln. soʻm subsidiya ajratildi.

Xorijiy investorlarga ko’mak

O‘tgan davrda tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning 8 ming 257 nafariga “Tez yordam” tamoyili  asosida  amaliy  yordamlar  ko‘rsatilib, shundan 1 ming 509 nafariga 265 mlrd so‘m kredit, 238 nafariga 168 gektar yer maydoni, 46 nafariga bino ajratilishi, 458 nafariga ruxsatnoma va litsenziya berilishi, 3 ming 759 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy ko‘mak berildi.

Natijada, faoliyat ko‘rsatmayotgan 4 ming 432 ta tadbirkorlik subyektlarining faoliyati qayta tiklanishi hisobiga 3 mingdan ortiq ish o‘rinlari yo‘qotilishining oldi olindi.

Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv

 6 ming 200 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik to‘sqinliklar aniqlanib, bartaraf etildi hamda 3 ming 100 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 1 ming 644 ta muammolar ijobiy hal etildi.

Kredit mablag‘lari talon – torojini oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini ta’minlash ishlari ustidan nazorat yanada kuchaytirildi.

6,4 trln. soʻm qarzdorlik amalda undirildi

Prokuratura organlarining aralashuvi bilan qarzdorliklarning 6,4 trln. soʻmi amalda undirildi, 5,7 trln. soʻmlik kreditlar boʻyicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi ta'minlandi, 1,2 trln. soʻmlik ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.

1,5 trln so‘m kredit mablag‘lari

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 1,5 trln so‘mi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 540 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Prokuratura tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida 11 ta brifing oʻtkazildi.