$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Joriy yilda qidiruvda bo‘lgan 7 ming 995 nafar shaxs qo‘lga olingan

shaxs

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov joriy yilda prokuratura tomonidan amalga ohirilgan ishlar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

“Temir daftar”ga kiritilgan 7 mingdan ziyod oilalarga har tomonlama ko‘mak berilgan

Jumladan, ularning 3 ming 749 tasiga moddiy yordam berildi, 273 tasining uy - joyi  ta’mirlanib,  98  tasiga  yangi  uy - joylar  qurib  berildi.

3 ming 186 nafardan ortiq ehtiyojmand oilaning ishsiz  a’zolari  bandligi  ta’minlandi.

“Ayollar” va “Yoshlar daftarlari”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlarning huquqlarini himoya qilishga doir ishlar izchil davom  ettirilmoqda.

O‘tgan 11 oyda 4 ming 112 nafar yoshlarning ish bilan ta’minlanishida, 6 ming 796 nafariga ijaraga yer ajratilishida,

2 ming 147 nafarining tadbirkorlikka jalb etilishida, 5 ming 771 nafari o‘zini o‘zi band qilishida, 4 ming 962 nafarining kasb - hunar va xorijiy tillarni o‘rganish kurslarida o‘qitilishida ko‘maklashildi.

Aholi bandligi, ekologik muhitni asrab - avaylash borasidagi vazifalar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirilgan  holda  olib  borilmoqda.

Xususan, 412 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 3,1  mlrd.  so‘m  ish  haqlari  undirib  berilishi  ta’minlandi.

Prokurorlar tashabbusi bilan utkazilgan 711 ta mehnat yarmarkalarida 9 ming 464 nafar ishsiz fuqarolar  ishga  joylashtirilgan

Ish haqi va nafaqa pullarining 8,4 mlrd. so‘mi talon - taroj  qilinganligi  aniqlanib,  76  ta  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atildi.

“Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha 84,6 mln. dona (rejaga nisbatan 106 foiz) ko‘chat ekilishi hamda bu haqdagi ma’lumotlar elektron platformasiga hisobga  qo‘yilishi  ta’minlandi.

Tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak berish, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar va byurokratik to‘siqlarni  bartaraf  etishga  doir  vazifalar  ijrosiga  qaratildi.

“Tez yordam” tamoyili  asosida  amaliy  yordamlar  ko‘rsatildi

Shundan, 7 ming 028 nafar tadbirkorga 817 mlrd. so‘mlik kredit, 499 nafariga yer maydoni, 140 nafariga bino ajratilishi, 1 ming 302 nafariga ruxsatnoma va litsenziya berilishi, 9 ming 899 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy  ko‘mak  berildi.

Natijada, faoliyat ko‘rsatmayotgan 7 ming 836 ta tadbirkorlik subyektlarining faoliyati qayta tiklanishi hisobiga 10 mingdan ortiq  ish  o‘rinlari  yo‘qotilishining  oldi  olindi.

Shuningdek, 7 ming 897 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib,  18 ming 565  ta  yangi  ish  o‘rinlari  yaratilishiga  erishildi.

Shu bilan birga, 21 ming 980 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik to‘sqinliklar aniqlanib, bartaraf etildi hamda 15 ming 436 nafar tadbirkorlarning buzilgan  huquqlari  tiklandi.

Xorijiy investorlar faoliyatida  yuzaga  kelgan  3 231  ta  muammolar  ijobiy  hal  etildi.

Kredit mablag‘lari talon - torojligining oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini ta’minlash  ishlari  ustidan  nazorat  yanada  kuchaytirildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 2,6 trln. so‘mi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 912 ta jinoyat ishlari  qo‘zg‘atildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida joriy yil noyabr oyining o‘zida 7,8 trln. so‘mlik muammoli kreditlar qisqartirildi.

2024 yilgi investitsiya dasturi asosida qurilish - ta’mirlash  ishlari  amalga  oshirilgan obyektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 63 mlrd. so‘mlik sifatsiz ishlar va 83 mlrd. so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida  bartaraf  etilib,  huquqbuzarliklarning  oldi  olindi.

Mazkur dasturlar ijrosi bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlarida qonunni buzgan 470 nafar shaxs intizomiy, 1 ming 899 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi, 363 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 116  mlrd.  so‘m  undirildi.

Jinoyat oqibatida yetkazilgan 2,8 trln. so‘mlik zarar undirilgan

Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish  borasidagi  tadbirlar  tizimli  ravishda  davom  ettirilmoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida respublikadagi mahallalarning 3 ming 287 tasida yoki 34,8 foizida jinoyat qayd etilmadi,

4 ming 875 tasi yoki 51,6 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga  va  kamayishiga  erishildi.

Tezkor - qidiruv sohasida ham nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 31 ming 047 ta jinoyat fosh etilishi hamda qidiruvda bo‘lgan 7 ming 995 nafar shaxsning ushlanishi ta’minlandi.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka  rioya  etilishini  ta’minlash  choralari  doirasida:

– surishtiruv va tergov organlarining 69 ming 810 nafar shaxsga nisbatan  56 ming 498  ta  jinoyat  ishi  o‘rganilib,  sudlarga  yuborildi;

Bevosita  prokuratura  organlari  tomonidan:

– 13 ming 522 ta jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov o‘tkazilib, 12 ming 329 nafar shaxsga nisbatan 8 135 ta jinoyat ishi sudlarga  yuborildi;

– jinoyat oqibatida yetkazilgan 2,8 trln. so‘mlik zarar undirildi.

Faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir tadbirlar izchil davom  ettirilmoqda.  Jumladan:

– aholiga yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun - mohiyatini yetkazish maqsadida 140 ming 712 ta tadbir tashkil etildi,

shundan 42 ming 924 tasi ommaviy axborot vositalari orqali amalga  oshirildi;

– Bosh prokuratura rasmiy veb - saytida 5 ming 087 ta, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy saxifalarida 15 ming 261 ta xabarlar e’lon  qilindi.

Shuningdek, joriy yilning 11 oyida prokuratura tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida 17 ta brifing tadbirlari o‘tkazildi.

Bu  boradagi  ishlar  davom  ettirilmoqda.