$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

To‘qnashuvlarni hech bir sabab va bahona bilan oqlab bo‘lmaydi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti ayni vaqt Ozarbayjonda bo‘lib turibdi. Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjondagi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida Falastin va Afg‘oniston muammolariga to‘xtalib, to‘qnashuvlarni hech bir sabab va bahona bilan oqlab bo‘lmasligini hamda Afg‘onistondagi vaziyat e’tiboridan chetda qolayotganini ta’kidladi.

Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlashning eng asosiy sharti — Falastin davlatining mustaqilligi

"To‘qqiz oydan buyon G‘azo sektorida kechayotgan qonli urush oqibatlari bizni chuqur qayg‘u va iztirobga solmoqda. To‘qnashuvlar 40 mingga yaqin aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar hayotiga zomin bo‘lganini hech bir sabab va bahona bilan oqlab bo‘lmaydi. Biz zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatishga, tinchlik jarayonlarini tezroq boshlashga chaqiramiz. Mustaqil va ozod Falastin davlatining tashkil etilishi Yaqin Sharqda strategik barqarorlik va tinchlikni ta’minlashning eng asosiy shartidir", — deya ta’kidlaydi prezident.

Afg‘onistondagi vaziyat e’tiboridan chetda qolmoqda

"Ming afsuski, jahonning boshqa mintaqalarida urush va mojarolar kuchayib borayotgani oqibatida yon qo‘shnimiz bo‘lgan va ko‘p millionli turkiy xalqlar istiqomat qilayotgan Afg‘onistondagi vaziyat xalqaro hamjamiyat e’tiboridan chetda qolib ketmoqda. O‘zbekiston afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatishni bundan buyon ham davom ettiradi", — deya qo‘shimcha qildi Mirziyoyev.