$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Qozog‘istonda sobiq prezidentlar haqidagi ma’lumotlarni tarqatish taqiqlandi

prezident

12-dekabr kuni Qozog‘iston Senati sobiq prezidentlar va ularning oila a’zolarining sog‘lig‘i va shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlar davlat siri sifatida tasniflanadigan tuzatishlarni qabul qildi.

Hukumat va parlament tuzatishlarni ularni qabul qilish zarurligini tushuntirmagan

Ma’lum qilinishicha, endilikda bunday ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.Tuzatishlar boshqa qonun loyihasiga kiritilgan va ular alohida muhokama qilinmagan. Jurnalistlarning qayd etishicha, hukumat ham, parlament ham ularni qabul qilish zarurligini tushuntirmagan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston mustaqilligining butun tarixida hokimiyat faqat bir marta o‘zgargan – 2019-yilning mart oyida mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z lavozimini tark etgan, biroq o‘z imtiyozlarini saqlab qolgan. Ammo, 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlaridan keyin uning maqomini cheklash jarayoni boshlandi.

2023-yilda Nazarboyev Elbasi unvonidan, shuningdek, bir qator muhim tashkilotlar, jumladan Nazarboyev universiteti va Nazarboyev jamg‘armasi rahbari maqomidan mahrum bo‘lgan edi.