Shavkat Mirziyoyev: Qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida mamlakat xalqini qutlab, o‘zbekistonlik barcha ota-onalarga murojaat yo‘lladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida mamlakat xalqini qutlab, o‘zbekistonlik barcha ota-onalarga murojaat yo‘lladi.
O‘zbekistonni yirik ta’lim markaziga aylantirishni maqsad qilganmiz
“Yurtimizda dunyodagi nufuzli oliygohlarning filiallarini ochib, O‘zbekistonni yirik ta’lim markaziga aylantirishni maqsad qilganmiz. Yoshlarimiz yetakchi xorijiy universitetlarda tahsil olib, tajriba orttirib, Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga bel bog‘laganlar. Buning uchun ularga “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yanada qulay imkoniyatlar yaratamiz. Ayniqsa, xotin-qizlarning bilim olishlari, kasb egallashlariga alohida e’tibor qaratishimiz lozim”, — dedi prezident.
Ota-onalarga murojaat
Prezident o‘z nutqida ta’lim sohasiga alohida to‘xtalib, mamlakatdagi barcha ota-onalarga o‘ziga xos murojaat yo‘lladi.
“Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling! Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!”.



