$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat rahbari tug‘ilgan kunida ishlamoqda, oqshomni esa oilasi davrasida kamtarona o‘tkazadi — Sherzod Asadov

Prezidentim

Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni. Davlat rahbari 67 yoshga to‘ldi. Kun munosabati bilan yo‘llangan savollarga prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov javob berdi.

Prezidentning qisqacha biografiyasi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yilning 24-iyul kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni 2003—2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri vazifasini bajargan. Bundan tashqari, prezident 1996—2003-yillar davomida Jizzax hamda Samarqand viloyatlari hokimi bo‘lgan. Mehnat faoliyatini 1981-yilda, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.

Mamlakat rahbari sovg‘alarni qabul qilmaydi

Ko‘plab odamlarda kun munosabati bilan turlicha savollar tug‘ilishi tabiiy. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning bugungi kunga atalagan rejalarini Gazeta nashriga ma’lum qildi. Unga ko‘ra, prezident tug‘ilgan kunida odatdagidek ishlamoqda. Oqshomni esa oilasi davrasida, kamtarona o‘tkazadi. Xorijiy davlatlar rahbarlari bilan bir qator telefon muloqotlari ham rejalashtirilgan. Shuningdek, mamlakat rahbari sovg‘alarni qabul qilmaydi. An’anaga ko‘ra, shu kuni xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy hamda jamoat arboblaridan yozma tabriknomalar keladi.