$
 12803.81
-19.17
 13677.03
-146.14
 130.64
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

“Prava” savdosi avjida

haydovchilik guvohnomasi prava

Dars mashg‘ulotlari va imtihonlarsiz haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib “prava savdosi”ni avjiga chiqarib yuborayotganlar qo‘lga olinmoqda. Jizzaxda ham ulardan biri ushlandi.

Guvohnoma ham anchagina qimmat ekan-a?!

Haydovchilik guvohnomasini olish va avtomobilni boshqarish hammaning ham yaxshi niyatlaridan biri bo‘lsa kerak. Ammo bu bolalar o‘yini emas! Rulda bo‘lgan odam o‘zi va avtomobildagilarning hayoti uchun javobgar bo‘ladi. Bu uchun esa undan yetarli bilim va tajriba talab etiladi.

Jizzaxda esa 1 200 dollar evaziga imtihonlar va mashg‘ulotlarsiz haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. “Pul dardi”da bo‘lib, insonlar hayoti va vijdonini unutgan bunday odamlar uchun sizning sog‘ligingiz zig‘irchalik qiziq emas.

“Prava” biznesiga qarshi kurash

Tezkor tadbirda, Jizzax shahrining Ittifoq mahallasida yashovchi fuqaroning arizasiga asosan, Jizzax viloyati IIB xodimlari 23 yoshli qonunbuzarni qo‘lga oldilar. 

Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashovchi “savdogar” ariza muallifiga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, 1200 AQSH dollarini so‘raydi va oldindan 600 dollar olib kelishini talab qiladi. 

U kelishilgan pulning 7 million 500 ming so‘mini olayotgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. 

Qonuniy jazo

“Guvohnoma biznesi” bilan shug‘ullanuvchi shaxsga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211- moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib bor.