$
 11909.66
-24.58
 13588.92
-2.99
 152.28
-0.7
weather
+26
Кечаси   +14°

“Natija qanday bo‘lmasin, bitta-bitta muzqaymoq sizdan aylansin”

Marojniy

Har hafta dunyo bo‘ylab yuzlab reklama kampaniyalari e’lon qilinadi. Ularning aksariyati bir necha kundan keyin unutiladi. Ayrimlari esa reklamaning qayerga qarab o‘zgarayotganini ko‘rsatib beradi. Bu hafta ham shunday misollar ko‘p bo‘ldi. Bir tomonda mashhur serial atrofida brendlar turlicha strategiyalarni sinab ko‘rdi. Ikkinchi tomonda esa bitta virusli surat o‘nlab kompaniyalarni bir xil reklama qilishga undadi. Keling, korib chiqamiz.

Hafta e’tibori markazida - “Ajdarlar xonadoni

Ajdar xonadonining yangi mavsumi nafaqat tomoshabinlarni, balki brendlarni ham bir maydonga yigdi. Hindistonda Wendy’s, Air India, McCain va Uber deyarli bir vaqtda serialdan ilhomlangan kampaniyalarni taqdim etdi. Ularning barchasi bir xil infopovoddan foydalangan bo‘lsa-da, har bir kreativ bir-birini takrorlamaydigan, original kampaniyalarga aylandi.

Wendy’s serialni emas, o’z pozitsiyasini reklama qildi. Qirolichalar taxt uchun kurashmaydilar (“Queens don’t fight for the throne”) degan jumla orqali brend raqobatchilar bilan emas, bozordagi o’rni bilan gaplashdi. Messej oddiy: yetakchilar taxt uchun kurashmaydi. Bunday reklama mahsulotni emas, brend xarakterini mustahkamlaydi.

Air India serialning syujetini emas, uning estetikasini oldi. Ajdarho fonida uchayotgan samolyot kompaniyaning asosiy va’dasi — uzoq masofalarni bog’lash goyasini kuchaytirdi. Natijada reklama serial haqida emas, brend identiteti haqida boldi.

McCain trendni interaktiv formatga aylantirdi. Serialdagi ikki qarama-qarshi tomon kartoshkaning ikki xil ta’mi bilan boglandi va auditoriyaga tanlov taklif qilindi. Mahsulot shu tariqa muhokamaning bir qismiga aylandi.

Uber esa umuman klassik reklama yolidan bormadi. Banner yoki rolik orniga ilovaning o’zini o’zgartirdi. Foydalanuvchi mashina emas, ajdarhoni koradi. Reklama iste’molchi xizmatdan foydalanayotgan paytda ishlaydi. Bu esa tashqi reklamalarga qaraganda tabiiyroq taassurot qoldiradi.

Hafta trendi

Bu hafta internetdagi eng shov-shuvli voqealardan biri Nyu-Yorkdagi eng baland binolardan biri - Empire State Building choqqisida sodir boldi. Netflix’ning Skywalkers: A Love Story qahramonlari Angela Nikolau va Ivan Beerkus noqonuniy tarzda binoning eng baland qismiga kotarilib, aynan shu yerda “Marry me” (turmush qurish taklifi) tashkillashtirdi. Hikoya qahramonlarining taqdiri qamoq jazosi bilan yakunlanganiga qaramay, aynan shu surat marketologlar uchun tayyor reklama kreativiga aylandi.

Bir necha soat ichida Canva, Duolingo, Cisco, KitKat, DoorDash va yana o’nlab brendlar aynan shu vizualni o’z uslubida talqin qildi. Bir xil surat turli brendlar qo’lida mutlaqo boshqa reklamalarga aylandi.

Brands scale the viral Empire State Building proposal with cheeky trendjacks

Trend Ozbekistonga ham tez yetib keldi. Mahalliy brendlar ham shu vizual asosida o’z postlarini e’lon qildi. Etiborni tortgan jihat goyaning ozi emas, kompaniyalarning trendga qanchalik tez reaksiya bildirgani boldi.

Xotiralar ba’zan global trenddan kuchliroq ishlaydi

Ko‘plab brendlar internetdagi trendlar ortidan quvayotgan bir paytda Korzinka mutlaqo boshqacha yo‘lni tanladi. Kompaniya navbatdagi shov-shuvli mavzuga qo‘shilish o‘rniga futbol mavsumidagi kayfiyatni o‘zbeklar yaxshi taniydigan obraz bilan bog‘ladi. Muzqaymoq qadog‘iga so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning surati tushirilgan, “Natija qanday bo‘lmasin, bitta-bitta marojniy sizdan aylansin” degan iboradan foydalandi. Bu kampaniyaning kuchi aynan tanishlik hissida. Sababi reklamani ko‘rgan odam avval mahsulotni emas, bolaligidan eshitib ulg‘ayg an hazilni eslaydi. Bunday yondashuv global trendlarni takrorlashdan ko‘ra uzoqroq ishlashi mumkin. Internetdagi shov-shuv bir necha kun ichida unutiladi. Mahalliy hazil, mashhur ibora yoki yillar davomida yashab kelayotgan obraz esa o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Kuchli reklama har doim ham dunyo muhokama qilayotgan mavzudan tug‘ilmaydi. Ba’zan eng yaxshi g‘oya odamlar yaxshi biladigan xotira, ibora yoki hazilda yashiringan bo‘ladi. Uni kerakli vaqtda eslatish esa navbatdagi global trendga qo‘shilishdan ko‘ra ko‘proq samara beradi.

Google O‘zbekistonda nimani o‘zgartirmoqchi?

Google 1-iyuldan boshlab Coob Adsni O‘zbekistonda Google Ads bo‘yicha rasmiy savdo vakili etib tayinladi. Bu oddiy hamkorlikdek ko‘rinsa-da, uning ortida reklama bozoridagi o‘zgarishlar turibdi. Shu paytgacha O‘zbekistondagi ko‘plab kompaniyalar Google Adsdan foydalangan, biroq platforma bilan ishlashda asosan xorijdagi mutaxassislar yoki xalqaro qo‘llanmalarga tayanishga majbur edi. Endi esa reklama beruvchilar mahalliy hamkor orqali maslahat va amaliy yordam olishi mumkin. Internet-do‘kon yoki xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya reklama kampaniyasini qanday rejalashtirish, qaysi auditoriyani tanlash yoki byudjetni qanday taqsimlash masalalarida mahalliy mutaxassislar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu reklama xarajatlarini avtomatik ravishda kamaytirmaydi, biroq mavjud byudjetdan samaraliroq foydalanishga yordam berishi mumkin. O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 32 milliondan oshdi, elektron tijorat hajmi esa yil sayin kengaymoqda. Auditoriya kattalashgani sari reklama beruvchilar soni ham ortmoqda. Bunday bozorda mahalliy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj tobora kuchaytirishi tabiiy. Mahalliy kompaniyalar endi global platformadan foydalanish bilan cheklanib qolmay, uni mahalliy bozor sharoitiga mosroq rejalashtirish va boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

TikTok endi trend ortidan emas, trend oldidan yurmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali mahsulot sotish endi yangilik emas. Yangilik shundaki, TikTok Shop asta-sekin bozorni analiz qilib, trend yaratadigan yangi maydonga aylanmoqda. PepsiCo, Mars va Hershey kabi kompaniyalar platformadan nafaqat sotuvni oshirish, balki odamlar nimaga qiziqayotganini oldindan bilish uchun ham foydalanmoqda.

Bu xarid qilish odatini ham ozgartirmoqda. Bir necha soniyalik video qiziqish uygotadi, xarid esa ilovadan chiqmasdan amalga oshiriladi. Reklama, auditoriyani mahsulotga tayyorlab qizitib olish va xarid orasidagi masofa tobora qisqarmoqda. Buning ortidan yana bir qiziq tendensiya paydo boldi. Avvallari kompaniyalar yangi mahsulot yaratib, unga xaridor izlar edi. Endi esa avval auditoriya nimani xohlayotgani kuzatiladi, keyin mahsulot ishlab chiqiladi. Skittles bunga yaxshi misol. Brend konfetlar bilan bogliq videolar ommalashayotganini korib, yangi mahsulotini aynan shu qiziqish asosida ishlab chiqdi va uni avval TikTok Shop orqali sinovdan otkazdi. Mahsulot reklama bilan emas, auditoriya qiziqishi bilan bozorga kirdi. Korib turganingizdek, TikTok endi shunchaki savdo platformasi emas. U keyingi trendni belgilab beradigan laboratoriyaga aylanmoqda.