Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

“Sharq taronalari” munosabati bilan Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Festival 25-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

“Sharq taronalari” munosabati bilan Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali munosabati bilan 25-avgust-3-sentyabr kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Qo‘shimcha qatnov

Ma’lum qilinishicha, Mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali munosabati bilan Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”.

Qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi 25-avgust kunidan 3-sentyabr kunigacha harakatlanadi.

Ularning jadvali quyidagicha:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Chiptalarni elektron tarzda sotib olish mumkin

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish imkoni ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, “Sharq taronalari” festivali 2019-yildan buyon o‘tkazilmayotgandi. Bunga 2020-yil karantin bilan bog‘liq jarayonlar sabab bo‘lgandi.