$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Janubiy Koreya O'zbekistonga yetkazib beradigan elektropoyezdlar qancha o'ringa ega bo'ladi?

ktx

Janubiy Koreya prezidentining 13-15-iyun kunlari yurtimizga tashrifi doirasida Koreya Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi ishtirokida “6 ta tezyurar yo‘lovchi elektr poyezdi sotib olish” loyihasini amalga oshirish rejasining natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Temiryo‘lekspress” va Hyundai Rotem kompaniyasi o‘rtasida elektr poyezdlarini yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Ushbu kelishuvning qiymati 195,7 million AQSH dollarini tashkil qiladi.

Elektropoyezdlar ta'rifi 

O‘zbekistonga taqdim etilayotgan tezyurar poyezd ”Jaloliddin Manguberdi“ deb nomlanadi. Dunyo AA ma'lumot berishicha, O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan tezyurar poyezd “KTX-Eum” poyezdiga o‘xshash bo‘lib, u o‘z navbatida 430 km/soat tezlikda harakatlanish uchun mo‘ljallangan “HEMU-430X” tezyurar poyezdi negizida yaratilgan. Jami 42 ta, har biri yetti vagonli poyezd 389 o‘ringa ega bo‘ladi va VIP, biznes va ekonom klasslarni, shuningdek, ovqatlanish vagonini o‘z ichiga oladi. 

O'zbekiston iqlimiga xos

Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan elektropoyezdlar issiq iqlimga, xususan O'zbekiston iqlimiga xos va yuqori haroratda ham yo’lovchilarga qulay sharoitlar yaratishni ta’minlaydi. Chang va qumdan himoyalanishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu tezyurar poyezdlar ishga tushgach, Toshkentdan Xivagacha bo‘lgan masofa yetti soatda bosib o‘tilishi kutilmoqda.

Tegishli qarorda ko'zda tutilgan

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem poyezdlarini yetkazib berish bo‘yicha vazifalar prezidentning 2023-yil 10-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transport sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan. Fevral oyida 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi shunday elektropoyezdlarni yetkazib berish istiqbollari muhokama qilingandi.