O‘zbekiston 6 ta yangi tezyurar poyezd xarid qilmoqda
Maʼlumot uchun, 8 oyda butun mamlakat boʻylab 4,2 milliarddan ortiq yoʻlovchi tashildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Bu haqda kompaniya sotuv boʻlimi vakili Bosung Kim poytaxtimizda tashkil etilgan “Aholi farovonligini oshirish uchun barqaror iqtisodiy oʻsish, investisiya jalb qilish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi anjumanda ta'kidladi.
Xalqaro tashabbuslar haftaligi doirasida oʻtkazilayotgan anjuman
Tadbirning “Transport sohasida islohotlar, davlat xususiy sheriklik loyihalari va xalqaro hamkorlikning ahamiyati” mavzusidagi sessiyada Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, “UK Export Finance”, “Export-Import Bank of Korea” kabi xalqaro moliya institutlari vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari qatnashib, ma'ruza qildi.
Xalqaro tashabbuslar haftaligi doirasida oʻtkazilayotgan mazkur anjumandan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston transport va logistika tizimini rivojlantirish uchun xorijiy sheriklar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash, qoʻshma loyihalarni samarali amalga oshirish, shuningdek chet el jamoatchilik vakillarini yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirishdan iborat.
8 oyda butun mamlakat boʻylab 4,2 milliarddan ortiq yoʻlovchi tashildi
"Oʻtgan yil mobaynida asosiy e'tibor hududlarda yoʻlovchi transport xizmatini yaxshilashga qaratildi. 2024-yilning dastlabki sakkiz oyida butun mamlakat boʻylab 4,2 milliarddan ortiq yoʻlovchi tashishga erishildi. Oʻsish sur'ati 2023-yil shu davriga nisbatan 106,0 foizni tashkil etdi", – dedi transport vaziri Ilhom Maxkamov.
Qayd etilishicha, bugungi kunda xalqaro moliya tashkilotlari bilan 729 kilometr yoʻlni rekonstruksiya qilish boʻyicha 6 ta loyiha yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, yaqin kunlarda “Qoʻngʻirot-Beynau” yoʻnalishidagi 240 kilometr yoʻl foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, Guliston – Andijon, Dushanbe – Termiz, Buxoro – Turkmanboshi, Urganch – Hazorasp yoʻllarining muayyan qismi qayta quriladi.
Bosung Kim Oʻzbekistonga ilk bor 2011-yil kelganini aytib, oxirgi yillardagi islohotlar natijasida yuz bergan ijobiy oʻzgarishlar Oʻzbekiston misli koʻrilmagan ulkan qadamlar tashlaganidan darak berishini ta'kidladi.
Muhokama davomida transport sektorini barqaror rivojlantirish maqsadida infratuzilmani takomillashtirish, xizmatlarni modernizatsiya qilish va innovatsiyani qoʻllab-quvvatlash nafaqat iqtisodiy oʻsishni tezlashtirishi, balki barcha fuqarolar uchun turmush sifatini yaxshilashga xizmat qilishi e'tirof etildi.



