$
 12948.10
17.99
 13502.28
111.86
 121.01
0.07
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 6-yanvarning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-1-6

“Bog‘cha puli”ni yangi usulda to‘lash imkoniyati yaratiladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi. Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-fevralga qadar Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimini “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi negizida o‘zaro birlashuvi hamda ularning “yagona darcha” tamoyili asosida faoliyat yuritishi ta’minlanadi. Bu 2025-yil 1-fevraldan boshlab Toshkent shahrida tajriba-sinovi tariqasida, 2025-yil 1-iyuldan boshlab esa barcha davlat MTTlarida amalga oshiriladi. 2025-yil 1-iyuldan boshlab ota-onalar to‘lovi hamda boshqa to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida avtomatik tarzda qayd etiladi. To‘lovlarni fiskal belgila ega kassa chekini rasmiylashtirmasdan qabul qilish taqiqlanadi.

Sultonov ilk bor "Katta dubulg‘a" turkumidagi musobaqada g‘alaba qozondi

Bugun Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumidan o‘rin olgan Avstraliya Ochiq chempionati start oldi. Humoyun Sultonov kvalifikatsiyaning ilk raundida kolumbiyalik Daniel Elaxi Galanni 2:1 (6/3, 6/7(2), 7/5) hisobida taslim etdi. Bu Humoyunning faoliyatidagi ilk "Katta dubulg‘a" turniri sanaladi. O‘zbekistonlik tennischilardan so‘nggi bor Denis Istomin "Katta dubulg‘a" musobaqalarida bahs olib borgandi. Uning Avstraliya Ochiq chempionatidagi oxirgi ishtiroki 2021-yilga to‘g‘ri keladi.

Dollar kursi tushishi kutilmoqda

7-yanvar kuni amal qiladigan dollar kursi 12-13 so‘m atrofida pasayishi prognoz qilinmoqda. Banklarga dollarni sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

  • Asakabank — 12 940
  • Poytaxtbank — 12 910
  • Anorbank — 12 910
  • Asia Alliance Bank— 12 900

Banklardan dollarni sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

  • Aloqabank — 12 945
  • Anorbank — 12 945
  • Xalq banki — 12 945
  • Hayotbank — 12 950

10 yoshli qiz notiqlik tanlovida g‘alaba qozondi

O‘zbekistonlik 10 yoshli Zinnura Karimova Seulda bo‘lib o‘tgan 12-Milliy ikki tildagi notiqlik musobaqasida oliy mukofotni qo‘lga kiritdi. Musobaqada 52 nafar turli madaniyatlarga mansub o‘quvchilar qatnashgan bo‘lib, ular 16 tilda o‘z hikoyalarini taqdim etgan. Zinnura hozirda Kvangju shahridagi “Volgok” boshlang‘ich maktabi 4-sinf o‘quvchisi hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat