$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 5-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

“Parij-2024”: Ispaniya va Marokash bahsini o‘zbek hakamlari boshqaradi

Bugun “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi futbol musobaqasida dastlabki yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Marokash – Ispaniya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Mazkur uchrashuv mamlakatimiz vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

FIFA hakamlar bo‘limi Olimpiya o‘yinlarining mazkur uchrashuvida o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi ishlashini ma’lum qildi. O‘yinda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam beradi

“CMA CGM Air Cargo” Navoiyga muntazam parvoz yo‘lga qo‘ydi

Fransiyaning “CMA CGM Air Cargo” transport-logistika korxonasi bugundan Chjenchjou – Navoiy – Parij yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirdi. Birinchi samolyot mahalliy vaqt bilan erta tong 6:27 da O‘zbekistonning navqiron shahriga qo‘ndi.

Aviatsiya an’anasiga ko‘ra, yuk tashuvchi uchoq yoysimon sun’iy favvora shaklidagi suv purkamasi bilan kutib olindi.

Saylovchilar o‘z partiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan shu kunlarda mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda qatnashish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzo to‘plash tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mamlakatimiz saylov qonunchiligiga ko‘ra, siyosiy partiyalar saylovdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlovchi kamida 40 ming saylovchining imzosini to‘plashi zarur. Saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani qo‘llab-quvvatlab, imzo qo‘yishga haqli. Bu o‘z navbatida saylovda sog‘lom raqobat uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi.  

Shavkat Mirziyoyev qaytdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytdi.

Joriy haftada davlatimiz rahbari huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yigʻilishlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. 

Shuningdek, hafta davomida Prezidentimiz davlat tashrifi bilan Qozogʻiston Respublikasida boʻlishi, Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Hafta yakunida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelishi kutilmoqda.

Теги :
Жамият