$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 4-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

Ostona zakovatlilarni chorlamoqda

Zakovat – bu shunchaki klub yoki o‘yin emas, balki xalqaro intellektual harakatga aylangan keng masshtabli loyiha. 2023 yilning o‘zida Zakovat harakatining doimiy a’zolari soni 500 ming nafardan ortdi. 156 ming 250 ta jamoa hamda 1 million 150 mingga yaqin bilimdonlar Zakovat o‘yinlarida ishtirok etdi.

Zakovat o‘z chegaralarini kengaytirib, O‘zbekistondan tashqariga chiqdi. Shu vaqtgacha London, Ostona, Olmaota, Dushanbe va Berlin shaharlarida Zakovat nomi ostida o‘nlab xalqaro musobaqalarning o‘tkazilgani xalqaro darajadagi fenomenga aylanayotganini tasdiqlaydi.

Shu kunlarda Olmaota shahrida yana bir nufuzli musobaqa – «Aziada-2024» o‘tkazilayotgan bo‘lsa, ertaga, 5 avgust kuni Ostona shahrida esa Zakovat Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi hamda unda O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari fikr kengliklarida bahslashadi.

Imzo yig‘ish davomida saylovning mohiyati ham tushuntirilmoqda

Xalq demokratik partiyasining faol va tashabbuskor xodimlari, a’zolari imzo to‘plash jarayonlarini yuqori uyushqoqlik bilan o‘tkazyapti.

Jarayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar kengashlari, 200 dan ortiq shahar va tuman kengashlari, 10 mingdan ziyod boshlang‘ich partiya tashkilotlarida tashkil etilyapti.

Imzo yig‘ish jarayonlari saylov qonunchiligiga binoan o‘tkazilmoqda. Saylovchilarning partiya faoliyati va saylovga oid savollariga javob berilib, bo‘lajak siyosiy jarayonning mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.

Aholining roziligisiz hech qanday qurilish bo‘lmasligi shart!

Toshkent shahar hokimining Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Shayxontohur, Chilonzor, Yashnobod hamda Yakkasaroy tumanlarida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish va shu maqsadda hududlarning chegarasini belgilash haqidagi qaroriga O‘zbekiston «Adolat» SDP munosabat bildirdi.

Partiyaning qayd etishicha, bu kabi renovatsiya jarayonlari ko‘pincha aholi yashab kelayotgan turar joy binolari va boshqa ijtimoiy ob’ektlarni buzish va qayta qurishni talab etadi. Bu esa, fuqarolarning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlari bo‘lgan uy-joyli bo‘lish va mulkdor bo‘lish huquqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxl qiladi.

Теги :
Jamiyat