$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 31-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegarasida “Do‘stlik” bozori ochildi

So‘xning quyi qishlog‘i Tul markazdan ancha olisda. Qolaversa, daryoning o‘ng tomonida Katta qirg‘iz qishlog‘i bor. Ko‘prikning ikki tomonida yashaydigan aholi hamisha umumiy bozorni orzulagan. O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi arafasida orzular haqiqatga aylandi. Ikki davlat mas’ullari harakati bilan chegaraning betaraf qismiga tutash joyda yangi bozor ochildi. Uni “Do‘stlik” bozori deb atadilar.

Nanayga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Vodiyda ilk bor Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi.

O‘zining so‘lim, maftunkor tabiati bilan nom qozongan Nanay qishlog‘ida turizmni rivojlantirish, sayyohlarga sharoit yaratish maqsadida so‘nggi 5 yil davomida 150 dan ortiq mehmon uyi, 2 ta xostel, 15 ta umumiy ovqatlanish joyi tashkil etilib, 30 million AQSH dollarilik turizm xizmatlari eksporti amalga oshirildi.

Humoyun Sultonov Ispaniyada yana g‘alaba qozondi

Ispaniyaning Malorka shahrida tennis bo‘yicha «Chellenjer» turkumiga kiruvchi “Rafa Nadal Open by Movistar” turnirida hamyurtimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida yarim finalga chiqdi.

Mashhur tennischi Rafael Nadal tomonidan tashkil etilayotgan mazkur turnirning yakkalik bahslari chorak final bosqichida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi H.Sultonov iordaniyalik Abdulla Shelbayhni uch setda 2:6, 7:5, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Humoyun Sultonov ushbu bosqichda xorvatiyalik Duye Aydukovich bilan raqobatlashadi. Uchrashuv mamlakatimiz vaqti bilan bugun, 31 avgust kuni soat 21:30 da boshlanadi.

IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi Afrika davlatida yig‘ildi

Kamerun Respublikasi poytaxti Yaunde shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ochilishida mamlakat Bosh vaziri doktor Jozef Dion Ngute IHTni qo‘llab-quvvatlash zarurati, a’zo davlatlarning qashshoqlik, iqlim o‘zgarishi va terrorizmga qarshi kurashdagi birdamligi ahamiyati, Falastin va G‘azo sektoridagi vaziyat haqida so‘zladi.

Sessiyaga raislik qilgan mezbon davlat tashqi ishlar vaziri Lejeune Mbella Kamerunning IHTga qo‘shilishi 50 yilligiga to‘g‘ri kelgan 50-sessiya bilan mehmonlarni qutladi. Anjuman uchun tanlangan “IHT doirasida transport va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish qashshoqlik va xavfsizlikka qarshi kurashning asosiy vositasi” shiori taraqqiyot, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Теги :
Jamiyat