2024-yil 3-avgustning eng muhim voqealari dayjesti
O‘zbekiston va Xitoy turizm forumi, maktablar direktorlari uchun film namoyishi, sabzavot yetishtirish hajmi, 69,8 balldan 78 ballga yuqorilash— kunning eng muhim xabarlari.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Xitoy turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi
31-iyul kuni Toshkent shahrida joylashgan “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Xitoyda targ‘ib qilish va O‘zbekiston-Xitoy turizm sanoati vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlandi.
Biznes-forum O‘zbekistonning “Travel Together” kompaniyasi va Xitoyning “Fei Jing Tourism” kompaniyalari tashabbusi bilan Turizm qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston va Xitoyning davlat va xususiy sektor vakillari, jumladan, hukumat vakillari, biznes rahbarlari va investorlar, shuningdek, ikki davlatning yetakchi mehmonxona brendlari va turizm kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Maktablar direktorlari uchun film namoyishi o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida Chilonzor tuman hokimligi va tumandagi bir guruh maktablar direktorlari uchun "Bahodir Yalangto‘sh" filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Namoyishda Chilonzor tuman hokimi Saidqahhor Xolxoʻjayev va bir guruh maktablar direktorlari ishtirok etdi. Shuningdek, tuman hokimi O‘zbekiston kino san'ati muzeyining esdalik daftariga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.
Sabzavot yetishtirish hajmi oshgan
Joriy yilning dastlabki olti oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasining barcha toifa xoʻjaliklarida 3,4 mln tonna sabzavot yetishtirilgan.
Bunda 2023-yilning mos davriga nisbatan sabzavot yetishtirish hajmi 3,1% ga oshgan.
OTM kirish ballari besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshgan
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshgan.
Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha balli umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.
Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari (80%) aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.



