$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 22-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Saylov: trenerlar uchun o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlar

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar yuzasidan mahalliy trenerlar uchun o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 27 maydagi “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasiga muvofiq “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi” tasdiqlandi.  

Mazkur konsepsiyaga asosan mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari orasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining har biriga 6-8 nafardan jami 104 nafar respublika trenerlar tarkibi shakllantirildi. Shu asosda mazkur oliy o‘quv yurtida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga oid mahalliy trenerlar uchun uch kunlik o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlar o‘tkazildi.  

Mamlakatimizda bosqichma-bosqich 1 ming 250 ta “aqlli sinf” tashkil etiladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligida Koreya Respublikasining “Hancom Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi maktablari va oliy ta’lim muassasalarida “aqlli sinflar” tashkil etish, shuningdek, IT-texnologiyalar va koreys tilini o‘qitish ta’lim markazini ochish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha yuzasidan so‘z yuritdi. 

Ta’kidlanganidek, 1989 yilda tashkil etilgan “Hancom Group” kompaniyasi ofis dasturlarini ishlab chiqish va tarqatish bilan shug‘ullanadi. Uning “Hancom Academy” sho‘’ba korxonasi sun’iy intellekt va dronlar bilan ishlashni o‘z ichiga olgan ilg‘or texnologiyalarni o‘rgatish uchun onlayn platformani boshqaradi. 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev​ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.  

Majmua bilan qisqacha tanishuv asnosida Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi vakillariga mazkur ansambl mazmuni va me’moriy yechimlari haqida ma’lumot berildi.

Banklarning kredit portfeli 500,6 trillion so‘mni tashkil qildi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 avgust holatiga banklarning kredit portfeli 500,6 trillion so‘mni tashkil qilgan.

Iyul oyida umumiy kredit portfeli 6,7 trillion so‘mga, yil boshidan beri esa 29,2 trillion so‘mga ko‘paydi (yillik o‘sish darajasi 6,2 foizni tashkil qilmoqda).  

Kredit portfelining oshishi davlat banklarida 2,8 trillion so‘mni, boshqa banklarda 3,9 trillion so‘mni tashkil qilgan.  

Portfelda muammoli kreditlar qoldig‘i ulushi 20,8 trillion so‘mni yoki 4,2 foizni tashkil qilmoqda. Iyun oyidagi kamayishdan so‘ng, iyul oyida muammoli kreditlar qoldig‘i 820 milliard so‘mga ko‘paygan.  

Теги :
Jamiyat