$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 21-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Tadbirkorlar foydasiga salkam 1,2 milliard so‘m undiriladi

Biznes ombudsman bugungi kunda tadbirkorlarning ishonchli vakiliga aylanib ulgurgan. Tashkilot tomonidan 7 yillik faoliyati davomida tadbirkorlarning 39 mingdan ortiq murojaatlari ko‘rib chiqildi va bu davrda tadbirkorlar foydasiga 300 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qaytarilishiga erishildi.

Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi “Obod maskan” MCHJ va “Shifo darmon” MCHJlar (nomlari o‘zgartirilgan) debitor qarzdorlikni undirishda amaliy yordam so‘rab, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.  

Aniqlanishicha, "Obod maskan" MCHJ tomonidan kasb-hunar maktabi binosi ta’mirlangan, lekin 993 million so‘m haq to‘lanmagan. "Shifo darmon" MCHJ tomonidan esa tibbiyot birlashmasiga dori-darmon yetkazib berilgan, ammo 202 million so‘m to‘lov olinmagan.  

Shu sababli, Biznes-ombudsman tomonidan javobgarlardan pullarni undirish to‘g‘risida Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizalari kiritildi.  

Navoiyda 430 ta saylov uchastkasi tuzildi

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Viloyatda saylov uchastkalarini tuzish va hududiy saylov komissiyasi huzurida Matbuot markazini tashkil etish masalalari ko‘rilgan yig‘ilishda komissiya raisi o‘rinbosari Gulnoz Aslonova ma’ruza qildi.

Viloyatda 430 ta saylov uchastkasi tuzilgan bo‘lib, ularning 289 tasi umumta’lim maktablarida, 53 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarida, 26 tasi litsey va texnikumlarda, 25 tasi madaniyat va sport markazlarida, 12 tasi davlatga qarashli korxona va tashkilotlar binolarida, 11 tasi tibbiyot, sanatoriya va dam olish maskanlarida, 11 tasi harbiy qism, ozodlikdan mahrum etish muassasalari binolarida, 2 tasi oliy o‘quv yurtlari va 1 tasi tadbirkorlarga tegishli binoda tashkil etilgan.

“O‘zbekkosmos” Xitoy davlat kompaniyasi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

“O‘zbekkosmos” agentligi o‘z faoliyati davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirib, kosmik yo‘nalishda tajriba oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, bu borada kadrlar tayyorlash kabi ko‘plab yo‘nalishlarda yirik xorijiy kompaniyalar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

“O‘zbekkosmos” agentligi rahbariyati va Xitoy davlat kompaniyasi “China Electronics Technology Group Corporation” (CETC) Boshqaruv raisi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi.  

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov bugun Fabiano Karuana bilan kuch sinashadi

AQSHning Sent-Luis shahrida davom etayotgan "Sinquefield Cup" turnirining 2-turida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov oq donalarda fransiyalik Alireza Firuzja bilan kuch sinashib, murosa yo‘lini tanladi.

Mazkur turda o‘tkazilgan qolgan 4 ta uchrashuvda ham tomonlarning durangga erishgani musobaqa jadvalining o‘zgarishsiz qolishiga olib keldi.  

Bugun, 21 avgust kuni o‘tkaziladigan 3-tur musobaqasida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi.  

Теги :
Jamiyat