$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 20-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Tadbirkorlik sub’ektlarining pochta manzili o‘zgarishida davlat boji undirilmaydi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi.

Mamlakatimizda yangi tumanlar va shaharlar tashkil etish, ularning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq ma’muriy islohotlar natijasida tegishli ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa yuridik shaxslar qayta davlat ro‘yxatidan o‘tishlari lozim bo‘lmoqda. Mazkur qonun loyihasi bilan yangi ma’muriy-hududiy birliklar tuzilishi yoki ularning chegaralari o‘zgarishi natijasida qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa yuridik shaxslarni tegishli davlat bojidan ozod etish tartibi belgilanmoqda. 

Yer savdosidan tushgan mablag‘lar avvalo buzilishlar bo‘yicha tadbirkorlardan qarzni so‘ndirishga qaratiladi

Ko‘chmas mulk buzilishi bo‘yicha kompensatsiya to‘lashda haligacha muammolar borligi qayd etildi.

Hozirda ushbu xarajatlar viloyat byudjeti hisobidan qoplanayapti. Lekin ayrim viloyatlar byudjetida mablag‘ kam qolayotgani uchun tadbirkorning pulini qoplab berish 5-6 yilga cho‘zilib ketmoqda.

Endilikda yer savdosidan tushgan mablag‘lar avvalo buzilishlar bo‘yicha tadbirkorlardan qarzni so‘ndirishga qaratiladi.

Tadbirkorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni yanada liberallashtirish muhimdir

Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, degan jinoyat turi bor. Bunda tadbirkor to‘lamagan soliq 100 million so‘mdan oshsa, jinoyatchi bo‘lib qolmoqda.

Shu bois, soliq to‘lamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘ladigan miqdorni 2 baravargacha oshirish taklif qilindi.  

Prezident tadbirkorlarimiz ushbu berilayotgan yengillikni, bildirilayotgan ishonchni suiiste’mol qilmasligiga umid bildirdi.  

1 noyabrga qadar aholining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

Beshinchi yo‘nalish – biznes uchun to‘siq va g‘ovlarni yanada qisqartirish. 

Tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatishga asos bo‘ladigan qonun buzilish holatlari darajasi belgilanmagani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda arzimagan kamchiliklar bilan ham tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish holatlari kuzatilmoqda.  

Shu bois, 1 noyabrga qadar aholining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi.  

Теги :
Jamiyat