$
 12021.22
-54.96
 13978.27
-16.82
 169.53
0.06
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 19-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

“Humo” final bosqichiga yo‘l oldi

Poytaxtimizdagi “Humo Arena” sport majmuasida xokkey bo‘yicha o‘tkazilgan Yevroosiyo do‘stlik kubogining saralash bosqichi uchinchi turida ham mamlakatimiz sharafini himoya qilgan “Humo” jamoasi g‘alaba qozondi.

Endi “Humo” va “AKM” jamoalari 2025 yilning 4-5 yanvar kunlari Yevroosiyo do‘stlik kubogining final bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqichda ularga “Neftyanik” (Rossiya) va “Metallurg-Jlobin” (Belarus) klublari qarshilik ko‘rsatadi. Mazkur o‘yinlar qaysi mamlakatda o‘tishi keyinroq aniqlanadi.

Nukusdagi yangi shifoxona ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialini borib ko‘rdi.

Bu markaz ilgari eski binoda joylashgan edi, bir xonada 4-5 bemor yotar, sanitar xonalar umumiy edi. Zamonaviy uskunalar uchun mos kelmay qolgandi.

O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022-2024 yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tibbiy xizmatlar sifati va qamrovi oshib bormoqda. 

Xususan, shu yil fevralda Nukus shahrida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda "noldan" qurilgan birinchi ko‘p tarmoqli shifoxona bo‘ldi.

Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Muqaddas islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk olim, vatandoshimiz Imom Abu Iso Muhammad Termiziyning (keyingi o‘rinlarda – Imom Termiziy) ulkan ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning ma’naviy-ruhiy olamini boyitish, ularning qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida:

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024 yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, bank-moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, muhim investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ulkan xizmatlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori Xamidov Baxtiyar Sultanovichga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni berildi.

Теги :
Jamiyat