$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 18-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Humoyun Sultonov Portugaliyada bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Portugaliyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan M25 tasnifidagi turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning yarim final bosqichida Humoyun Sultonov fransiyalik Den Eddedni 6:4, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, litvalik Edas Butvilas AQSH vakili Karl Polingdan 7:5, 6:3 hisobida ustun keldi. Shu tariqa Humoyun va Edas xalqaro turnirning so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Biroz avval, nufuzli musobaqaning bosh sovrini uchun o‘tkazilgan o‘yinda H.Sultonov 6:4, 7:5 hisobida E.Butvilas ustidan zafar quchdi. Mazkur g‘alaba tennischimiz uchun xalqaro turnirning bosh sovrini bilan bir qatorda 3 ming 600 AQSH dollari pul mukofoti va 25 reyting ochkosini keltirdi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida Imtiyozli savdo kelishuvi ishga tushadi

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi doirasida Kobul shahrida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatni yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan muloqotda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 1 oktyabrdan ikki mamlakat o‘rtasida Imtiyozli savdo kelishuvi ishga tushadi. Ushbu hujjat doirasida kelishilgan 14 xil mahsulotga import boji bekor qilinadi, eksportchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.

Jahon chempionatida o‘zbekistonlik hakamlar qatnashmoqda

Shu kunlarda Xitoyning Suchjou shahrida o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan qizlar jamoalari o‘rtasida X-jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.

16 ta jamoa asosiy bosqichning to‘rt guruhida chempionlik uchun kurash olib borayotgan X-jahon chempionatining shiddatli bellashuvlarini boshqarishda ishtirok etayotgan 22 ta davlatning 44 nafar hakami orasida o‘zbekistonlik mutaxassislarning borligi e’tiborlidir.

Bugungacha o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakamlar Hasan va Husan Ismoilov jahon chempionatining guruh bosqichidagi ikki uchrashuvni boshqardi. Hamyurtlarimiz avvaliga Niderlandiya – Janubiy Koreya (24:19), keyin esa Misr – Ruminiya (29:36) qarama-qarshiligidagi o‘yinlarda faoliyat ko‘rsatdi.

Qashqar yarmarkasida O‘zbekiston uchun manfaatli loyihalar

Qashqar sanoat – savdo yarmarkasi bu yil 14 – bor o‘tkazilmoqda. Uning ishida Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo mamlakatlari vakillari ishtirok etishyapti.

Qashqar Xitoy va umuman Osiyo qit’asi uchun muxim strategik axamiyat kasb etuvchi logistik markazdir. Xitoyning sharqidagi dengiz portlaridan kelayotgan yuklar aynan Qashqardan Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo tomon yo‘l oladi. 

Yarmarka ochilish tantanalarida so‘zga chiqqan Qashqar okrugi gubernatori Anvar Tursun, Shinjon savdo boshqaruv raisi Sin Tao, Shanxay xamkorlik tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari Suxayl Xon va ishtirokchi mamlakat vakillari Qashqar sanoat – savdo yarmarkasi o‘zaro tovar almashuvidagi axamiyati ortib borayotganini, uning ishtirokchilari shu yilning o‘zida 10 foizga oshganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

40 ming metr kvadrat maydonda Osiyo mamlakatlari ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmalari ochilgan. Asosan xalq-xo‘jaligi va istemol maxsulotlariga mo‘ljallangan povil’onlarda inson xayoti uchun birlamchi extiyoj mollari taklif qilinadi. Ko‘rgazma zalining markazida O‘zbekiston poviloni tashkil etilgan. 

Теги :
Jamiyat