$
 12634.34
-18.98
 14821.34
-0.76
 162.37
0.48
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

2024-yil 1-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Hunarmandlarga 1,1 trillion so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi

Poytaxtimizda hunarmandlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda 400 dan ortiq mohir usta hunarmandlar ishtirok etib, o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida 36 ming nafar hunarmandga 1,1 trillion so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi.   

Tayyor zargarlik buyumlariga import boji kamaytiriladi

2024 yil 1 noyabrdan, bojxona to‘lovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmasa, chet elda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini sotuvga qo‘yish va chakana savdoda realizatsiya qilish taqiqlanadi.

Shuningdek, O‘zbekistonga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 2027 yilning 1 yanvar sanasigacha, 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi.

Muzaffarbek To‘raboyev yarim finalda

Fransiyada davom etayotgan Olimpiadaning dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi 100 kilogrammgacha vazn toifasida chorak final bahsi o‘tkazildi. Unda hamyurtimiz Muzaffarbek To‘raboyev ishtirok etdi.

Ushbu bosqichda Muzaffarbek niderlandiyalik Mishel Korrel bilan bellashdi va ippon bahosi evaziga polvonimiz kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritgan holda yarim final ishtirokchisiga aylandi.

Turkiya bilan hamkorlikda tibbiyot yo‘nalishida yangi loyihalar amalga oshiriladi

Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudoyorov Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida A.Xudoyorov turkiyalik yetakchi mutaxassislar ishtirokida yurtimizda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish, tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va farmatsevtika sohasini takomillashtirish bo‘yicha bir qator loyihalar rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi. Shuningdek, uchrashuvda tibbiy ta’lim va dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish kabi bir qancha masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Теги :
Jamiyat