2024-yil 9-iyulning eng muhim voqealari dayjesti
Yangi korxonalar, quyosh fotoelektr stansiyasi, Kimlardan daromad solig‘i ushlanmaydi, 998 nafar mahkumaga tuzalish yo‘liga o‘tgan — kunning eng muhim xabarlari.
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi korxonalar hududlar kesimida
2024-yilning yanvar-may oylarida jami 35 754 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.
Ular hududlar kesimida quyidagicha:
Toshkent shahri – 7 174 ta
Samarqand viloyati – 3 417 ta
Toshkent viloyati – 2 926 ta
Fargʻona viloyati – 2 901 ta
Xorazm viloyati – 2 899 ta
Surxondaryo viloyati – 2 259 ta
Buxoro viloyati – 2 158 ta
Jizzax viloyati – 2 141 ta
Qashqadaryo viloyati – 2 040 ta
Andijon viloyati – 2 014 ta
Namangan viloyati – 1 944 ta
Qoraqalpogʻiston Resp. – 1 638 ta
Navoiy viloyati – 1 309 ta
Sirdaryo viloyati – 934 ta.
Yirik quyosh fotoelektr stansiyasi
Prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida qurilishiga start berilgan yana bir yirik loyiha Olot tumani markazidan 24 kilometr olisda 700 gektar cho‘l hududida qad rostlamoqda.
Bu yerda Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 250 MVt bo‘lgan “Nur-Buxoro” quyosh fotoelektr stansiyasi va 63 MVt quvvatli energiya sig‘imiga ega batareya ombori qurilishi ishlari boshlab yuborilgan.
Kimlardan daromad solig‘i ushlanmaydi?
Bolaligidan nogironligi bo‘lgan, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki onaga daromad solig‘i kamaytiriladi.
Agar nogiron farzandi bor fuqaro 4 million maosh olsa, 480 ming so‘m emas, balki taxminan 302 ming daromad solig‘i to‘laydi.
998 nafar mahkumaga tuzalish yo‘liga o‘tgan
Zangiotadagi 21-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalarning tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganini aniqlash mezonlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 1 ming 159 nafar mahkuma komissiya a’zolari tomonidan o‘rganilib, 998 nafariga tuzalish yo‘liga o‘tgan, degan xulosa berildi.



