$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 6-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining "Transport, o‘zaro bog‘liqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish" shiori ostidagi norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va TDT Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim ham qatnashdi.

Toshkent shahrida Face-ID usuli joriy qilindi

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi davlat xizmatlari markazlarida shaxsni yuz qiyofasi orqali aniqlash imkoniyati yaratildi.

Buning o‘ziga xos jihati shundaki, endilikda fuqarolarimiz davlat xizmatlarini olishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari shart emas, ular haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda aniqlanadi.  

Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri bilan uchrash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Vengriya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Osiyo kubogida 29 ta medal

Qozog‘istonning Almati shahrida kadetlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogi O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 6 ta oltin, 7 ta kumush, 16 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa mezboni Qozog‘iston termasi 6 ta oltin, 7 ta kumush va 14 ta bronza medal bilan ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikdan Mo‘g‘uliston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush medali bilan joy oldi.   

Теги :
Жамият