$
 12603.72
3.67
 13646.05
40.52
 143.21
0.04
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 5-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

WBA reytingida bokschilarimiz peshqadam

Butunjahon boks assotsiatsiyasi iyun oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi. Undan mamlakatimizning 8 nafar bokschisi o‘rin oldi.

Isroil Madrimov super yarimo‘rta vazn chempioni sifatida borayotgan bo‘lsa, Hasanboy Do‘smatov minimal vaznda birinchi o‘rindan joy egalladi. Murodjon Ahmadaliyev esa birinchi yarimengil vaznda karvonboshi sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, Shahram G‘iyosov yarimo‘rta vazn toifasida eng yuqori pog‘onaga joylashdi.  

 Prezident Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 5 iyul kuni Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

“Osiyo bolalari” o‘yinlarida 76 ta medal

Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida poyoniga yetib borayotgan “Osiyo bolalari” o‘yinlarining ortda qolgan o‘ninchi kungi musobaqalarida mamlakatimiz kurashchi va bokschi yoshlari 12 ta medallar shodasiga ega chiqdi.

Ortda qolgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, bugungacha ishtirokchi jamoalarning 22 tasi “Osiyo bolalari” o‘yinlarida sovrinli o‘rinlar sohibi bo‘ldi. Ular orasida o‘z shijoati va g‘alabaga bo‘lgan irodasi bilan ajralib turgan O‘zbekiston sportchilari 29 ta oltin, 27 ta kumush, 20 ta bronza, jami 76 ta medal bilan umumjamoada 2-o‘rinni egallab turibdi.  

35 754 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan

2024-yilning yanvar-may oyida jami 35 754 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:

savdo sohasida – 12 403 ta;

sanoat sohasida – 6 740 ta;

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 3 650 ta;

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 2 860 ta;

qurilish sohasida – 1 740 ta;

axborot va aloqa sohasida – 1 444 ta;

tashish va saqlash sohasida – 1 114 ta;

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 668 ta;

boshqa sohalarda – 5 135 ta.

Теги :
Жамият