2024-yil 3-iyulning eng muhim voqealari dayjesti
Prezident Ostonada, Biloliddin Obidov Batumida jahon chempioni, xalqaro standarti joriy etildi, olti oyda 1 mln. kilovatt— kunning eng muhim xabarlari.
2 daqiqa o‘qiladi

Olti oyda 1 mln. kilovatt
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida energiya barqarorligini ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida dadil qadamlar tashlandi va salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Kombinatning 50 dan ortiq tarkibiy bo‘linmalari va ijtimoiy soha ob’ektlarida jami 10 megavatt quvvatli A klass toifadagi quyosh panellari o‘rnatilganligi ham ko‘rsatmoqda. Ularda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi kombinat ichki ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilib, foydali ish koeffitsiyenti 21,3 foizni tashkil etmoqda.
Bunda yanvar-iyun oylarida qariyb 1 mln kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi yoki 300 ming kub.m tabiiy gaz sarfining oldi olindi. Yil yakuniga qadar yana 1,6 mln kilovatt-soat (jami 2,6 mln kilovatt-soat) ishlab chiqarilib, jami tabiiy gaz iqtisodi 1 mln kub metrga yetkaziladi.
Biloliddin Obidov Batumida jahon chempionligiga erishdi
Gruziyaning Batumi shahrida 8-12 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatining so‘nggi kuni mamlakatimiz vakillari uchun omadli bo‘ldi.
Oltita yosh toifasida sovrindorlikka nomzodlar qatorida mamlakatimizning ikki nafar vakili kurash olib borgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
12 yoshlilarning “A” guruhida yetakchilikka erishgan iste’dodli shaxmatchimiz Biloliddin Obidov jahon chempionligi uchun xitoylik Xaomin Ku bilan kurash olib borli.
Da’vogarlar o‘rtasida o‘tkazilgan ilk o‘yinda hamyurtimiz xitoylik shaxmatchini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, kecha qora donalarda harakatlangan hamyurtimiz raqibi bilan g‘alabaga teng durang natijani qayd etdi va 12 yoshlilar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi.
ISO 9001:2015 xalqaro standarti joriy etildi
Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 18-bandiga asosan vazirlik va idoralar faoliyatiga sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO 9001:2015) joriy qilish belgilangan.
ISO – Xalqaro standartlashtirish tashkilotining jahon miqyosida ish faoliyati samaradorligini va sifatini oshirishga qaratilgan eng nufuzli standartlar majmuasidir.
O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "SHHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi.
Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.



