$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 24-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Qo‘qonda renovatsiya asosida ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish ishlari boshlandi

So‘nggi uch yilda Qo‘qonda bor-yo‘g‘i 630 ta xonadonli 17 ta ko‘p qavatli uylar qurilgani shahar ehtiyoji uchun yetarli bo‘lmayapti. Davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida buni alohida qayd etib, “Yangi O‘zbekiston massivi” loyihasini mahallagacha tushirilishi belgilandi.

Shahar va tuman markazlarida 5 tadan eski mahallalar tanlab olinadi, ularda 7-10 qavatli uylar qurish uchun xususiy sektor jalb qilinadi, uylar birinchi galda ushbu mahalla aholisiga beriladi.  

“Ijtimoiy karta” AT tizimi orqali yangi qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligining ma’lum qilishicha, 2024 yil 1-dekabrdan yangidan tayinlanadigan ijtimoiy to‘lovlar, xizmatlar va imtiyozlar “Ijtimoiy karta” AT tizimi orqali taqdim etiladi.

Joriy yilning 20 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan ijtimoiy himoya sohasidagi videoselektor yig‘ilishida ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Unga ko‘ra, endilikda xonadonlarga “mahalla yettiligi”ning qaysi vakili kirishiga qaramay, oiladagi muammo va imkoniyatlar aniqlanadi va “ijtimoiy portret” chiziladi. Yordamdan so‘ng xonadonda qanday o‘zgarishlar bo‘lgani monitoring qilinadi. Nafaqa oluvchilar ro‘yxatiga birinchi navbatda nogironligi bor, ota-onasi yo‘q, boquvchisini yo‘qotgan, kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra uzoq muddat ishlay olmaydiganlarning oilalari kiritiladi. Boshqa fuqarolarni “ijtimoiy reyestr”ga kiritishda ularning daromadi bilan birga xarajatlari ham baholanadi.

O‘zbekistonning eng yuqori cho‘qqisi zabt etildi

Tarixda birinchi bor o‘zbek alpinistlari O‘zbekistonning eng yuqori nuqtasi – mamlakatning Surxondaryo viloyatida joylashgan 4668 metr balandlikdagi cho‘qqiga ko‘tarildi.

Toqqa ko‘tarilish shimoli-g‘arbiy tomondan amalga oshirilib, u murakkabligi jihatidan 4 A toifaga ega.

Mamlakat bayrog‘i bilan birga cho‘qqiga ko‘tarilgan alpinistlar ushbu voqeani Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuniga bag‘ishladi.

Rimda kurashchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun bellashadi

24 iyul kuni Italiya poytaxti Rim shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Dunyoning bir qator davlatlaridan nomdor polvonlar qatnashishi kutilayotgan turnir oldidan kecha o‘tkazilgan matbuot anjumanida milliy sportimizning xalqaro rivojini, xususan Yevropa qit’asida ommalashtirish masalalari borasida fikr yuritildi.

Rim shahardagi «Nicola Piyetrangeli» stadionida tashkil etilayotgan xalqaro turnirda erkaklar +100 va ayollar +87 kilogramm vazn toifalarida turnirning 15 ming yevro miqdoridagi mukofot jamg‘armasi uchun kurash olib borishadi.

Теги :
Jamiyat