Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

2024-yil 23-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

Tergov sudyasiga yangi vakolat, mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash, Tailanddan 12 ta medal, o‘zbek filmi xalqaro kinofestivalda bosh mukofotga sazovor bo‘ldi— kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 23-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

Tergov sudyasiga 11 turdagi sanksiya va majburlov choralarini qo‘llash vakolati beriladi

2024 yil 10 iyunda Prezidentimizning «Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Oliy sud tomonidan mazkur farmon mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar uchun videokonferensaloqa vositasida o‘tkazilgan tadbirda Adliya va Ichki ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura, Advokatlar palatasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ishtirok etdi.

Tergov sudyasiga 11 turdagi sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati berilmoqda.

Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik bo‘ladi

 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi va o‘quv jarayoni “blok-modul” tizimiga asoslangan dual ta’lim shaklida tashkil etiladi.

Tailandda hozircha 12 ta medal

Tailandning Siracha shahrida sport kurashlari bo‘yicha U15 va U20 yosh toifalarida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

U20 yosh toifasida ayollar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda qizlarimiz orasida vazni -68 kg. bo‘lgan Feruza Esenboyeva finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Nilufar Nurmuhammadova, Sohibjamol Esbo‘sinova, Gulmira Aytmuratova, Nigina Sobirova hamda Miyasar Qo‘shmuratova bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

O‘zbek filmi xalqaro kinofestivali bosh mukofotiga sazovor bo‘ldi

Yaponiyaning “Hollywoodreporter” nashri o‘zbekistonlik rejissyor Shokir Xoliqov boshchiligida suratga olingan “Yakshanba” filmi “Skip City International D-Cinema” festivalida oliy sovrin – Gran-pri bilan taqdirlanganini yoritdi.

Kinematografiya agentligi tomonidan yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan maxsus grant asosida suratga olingan mazkur asar rejissyorning birinchi to‘liq metrajli badiiy filmi.