$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 20-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Shaxmatchimiz onlayn turnirda Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

Javohir Sindorov shaxmat bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Titled Tuesday" onlayn turnirida jahon shaxmatida o‘z nomiga ega bo‘lgan Magnus Karlsenni mag‘lub etdi.

Mahoratli shaxmatchimiz mukofot jamg‘armasi 1 ming 600 AQSH dollaridan iborat mazkur turnirda 11 imkoniyatdan 10 ochko jamg‘arib, turnir g‘olibiga aylandi. Ikkinchi o‘rin Magnus Karlsenga nasib etdi.  

Senat raisi aholi vakillari bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norbayeva hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent viloyati tumanlarida bo‘ldi. Unga viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va hudud mas’ullari hamrohlik qildi.

Ilk manzil O‘rta Chirchiq tumanidagi “Qorasuv” mahallasida joylashgan umumiy qiymati 30 milliard so‘mga teng bo‘lgan shirin makkajo‘xori mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash korxonasi bo‘ldi. Bu yerda yaratilgan 130 dan ortiq doimiy ish o‘rnida 95 foiz ayollar faoliyat olib boradi. Senat Raisi xodimlarning mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

6 oylik qonunlar sarhisobi

Palata tomonidan 64 ta qonun loyihasini o‘z ichiga olgan jami 48 ta qonun qabul qilinib, ma’qullash uchun Senatga yuborildi.

Davlat organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi hamda boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtayi nazarini bayon etish talabi bilan 8 ta parlament so‘rovi jo‘natildi.

O‘tgan davrda siyosiy partiyalar fraksiyalarining taklifi bilan 4 marotaba “Hukumat soati” o‘tkazildi.

Kechki yoki sirtqi taʼlimda ta'til

Oliy taʼlim muassasalari, texnikum yoki kollejlarda kechki yoki sirtqi taʼlimda o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya imtihon sessiyalarida qatnashish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda quyidagi muddatlarda o‘quv taʼtillari beriladi:

OTMda kechki taʼlimda o‘qiyotgan 1-2-kurs talabalariga – kamida 20 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 10 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi taʼlimda o‘qiyotganlarga esa – kamida 30 kun;

OTMda kechki taʼlimda 3-4-kurslarda yoki undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga – kamida 30 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 20 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi taʼlimda o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun.

Теги :
Jamiyat