$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 19-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive-24-7-19

Namanganlik hamshiralar Germaniya shifoxonalarida ishlashi mumkin

Shveysariya Konfederatsiyasining “Globogate Concept AG” tashkiloti rahbari Johannes Meyer boshchiligidagi delegatsiya vakillari Namanganga keldi. Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov mehmonlarni qabul qildi. Uchrashuvda hamkorlik doirasida namanganlik o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini nemis tiliga o‘qitish va dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarni Germaniya shifoxonalarida bandligini ta’minlash loyihasi muhokama qilindi.

Rossiyadan ot sportida g‘alabalar

Rossiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha "Yevrosiyo yoshlar o‘yinlari", "Yevrosiyo o‘yinlari" va "Maxima Masters" musobaqalari boshlandi. Turnirning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

Oltin medal:

Xurshidbek Alimjonov ("Yevrosiyo o‘yinlari", 140 sm)

Kumush medal:

Xurshidbek Alimjonov ("Yevrosiyo o‘yinlari", 125 sm)

Bronza medal:

Boburjon Valijonov ("Yevrosiyo yoshlar o‘yinlari", 125 sm)

Bekzod Ro‘zmuhamedov ("Maxima Masters", 110 sm)

Bekzod Qurbonov ("Yevrosiyo o‘yinlari", 140 sm)

Janubiy Koreyaning Namseul Universitetida “O‘zbekshunoslik” kafedrasi ochildi

Joriy yilning 17-iyul kuni Korea Respubliksi Cheonan shahrida joylashgan Namseul universitetida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O‘zbekshunoslik” kafedrasi tashkil etildi. Ikki universitet kelishuvi asosida ochilayotgan “O‘zbekshunoslik” kafedrasi o‘z faoliyatida xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirishga yordam beradi. Namseul universitetning vitse-prezidenti, professor Yun-Seok Li kafedraning O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini Janubiy Koreyada keng targ‘ib qilishda muhim o‘rinni egallashiga ishonch bildirdi. Yun-Seok Li tomonidan “O‘zbekshunoslik” kafedrasiga mas’ul etib universitetning O‘zbekistonlik professori Zoir Sattarov tayinlandi.

“Turizm ko‘chasi”da “Hunarmandchilik” ko‘rgazmasi 

“Gulbozor” mahallasidagi “Turizm ko‘chasi”ning sayyohlik salohiyatini oshirish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishda sayyohlarni keng jalb qilish va uning ommaviyligini ta’minlash maqsadida mahallada yil davomida turli ommaviy tadbirlar tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida joriy yilning 20-iyul kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, “Gulbozor” mahallasidagi “Turizm ko‘chasi” bo‘ylab “Hunarmandchilik ko‘rgazmasi” namoyishi tashkil etiladi. Ko‘rgazmada hunarmandchilikning kulolchilik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqshinkor bezak va kandakorlik, temirchilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik va chitgarlik, zargarlik san’ati, lokli miniatyura hamda kitob miniatyurasi va boshqa yo‘nalishlari, shuningdek, suvenir mahsulotlari namoyishi rejalashtirilgan.