$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 18-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Qirg'iziston bilan strategik sheriklik munosabatlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi.

Davlat rahbarlari keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi.

Gastronomik ko‘chalar soni yana bittaga ortadi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida Sodiq Azimov ko‘chasini gastronomik, ya’ni 24/7 rejimida ishlovchi ko‘chaga aylantirish bo‘yicha loyiha ishlari yakuniga yetkazildi.

Mazkur loyiha doirasida Sodiq Azimov ko‘chasida yoritish ustunlari, o‘rindiqlar va chiqindi urnalarini o‘rnatish, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, sug‘orish tizimlarini joylashtirish, audio musiqa tizimini tashkil etish, dekorativ arka va ustunlar o‘rnatish, shuningdek, hududda fotozonalar uchun dekorativ elementlar tashkil etish, piyodalar yo‘laklari, velo-yo‘laklar yo‘l chekkasida harakatlanishga xalal bermaydigan avtoturargohlar va zamonaviy o‘rindiqlar tashkil etish, ovqatlanish uchun qulay bo‘lgan “Food trak”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bolalar o‘yingohi va 3D formatdagi katta monitor o‘rnatish kabi ishlar amalga oshiriladi.  

To‘rt tennischimiz chorak finalda

Qirg‘izistonda yoshlar o‘rtasida tennis bo‘yicha J60 tasnifiga kiruvchi «ISSYK-KUL SUMMER – 2024» xalqaro turnirida 4 nafar tennischimiz chorak finalda ishtirok etadi.

Yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida Abdulaziz Usmonjonov qozog‘istonlik Rodion Lukashovni 6:2, 6:1 hisobida yengdi va 1/4 final bosqichida neytral tennischi Mixail Sapojnikov bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Danila Kvasov esa 7:5, 6:2 hisobida neytral tennischi Mixail Volkovichdan ustun keldi. Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Nikita Nikolenkoga qarshi kortga chiqadi.  

"Dunyo" Axborot agentligi va "Kabar" Qirg‘iziston Milliy axborot agentligi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

Qirg‘iziston Prezidentining bugun O‘zbekistonga boshlanadigan davlat tashrifi va oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar arafasida Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi va "Kabar" Qirg‘iziston Milliy axborot agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Ushbu muhim hujjat o‘zbek, qirg‘iz va rus tillarida "Dunyo" Axborot agentligi direktori Omonulla Fayziyev va "Kabar" QMAA direktori Mederbek Shermetaliyev tomonidan imzolandi.

Теги :
Jamiyat