$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 14-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi

Respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Xususan, Navoiy shahridagi 2 ta manzilda ham test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. 

2024/2025-o‘quv yili uchun viloyatda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagidagi 42 ming 730 nafar abituriyentdan hujjat kelib tushgan.

25 avgustga qadar tashkil etiladigan test jarayonlarida zarur qulayliklar yaratish maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Navoiy davlat pedagogika instituti mas’ullari, «Volontyorlar guruhi» faoliyat olib bormoqda.

 Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida yana bir o‘zbekistonlik hakam

Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boradigan yana bir o‘zbekistonlik hakam nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Oksana Kiosya bo‘lajak Olimpiadada sportchilarning chiqishini baholaydi. 

Qit’a va jahon chempionatlarida faoliyat olib borib kelayotgan yurtdoshimiz uchun bu birinchi Olimpiada bo‘ladi.

Orolbo‘yi delegatsiyasining Boshqirdistonga tashrifi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev rahbarligida tadbirkorlar va tegishli mas’ullardan iborat delegatsiya Boshqirdiston Respublikasiga bordi.

Ufa shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Boshqirdiston Respublikasi Raisi Radiy Xabirov bilan uchrashdi.

Jo‘qorg‘i Kenges Raisi ham joriy yilning 20 avgust kuni Qoraqalpog‘istonda o‘tkaziladigan Prezidentimizning tadbirkorlar bilan uchrashuvi hamda xalqaro forumga Boshqirdiston rahbari va ushbu hudud tadbirkorlarini taklif qildi.

Polsha bilan oliy ta'limda hamkorlik

Joriy yilning 11-12 iyul kunlari Polshaning Varshava shahrida O‘zbekiston va Polsha oliy ta’lim muassasalari rektorlarining navbatdagi forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining rektorlari ishtirok etdi.

Forum doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va Polshadagi universitetlar o‘rtasida bir nechta memorandumlar imzolandi. Xususan, mazkur forumda ishtirok etayotgan Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Nematov Bidgoshadagi Iqtisodiyot universiteti bilan Hamkorlik memorandumi imzoladi.

Теги :
Jamiyat