Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +9°

2024-yil 12-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

Rossiyada qarovsiz qolgan 7 nafar bola qaytarildi, 250 ming ichki va 75 ming xorijiy turistlar, Qo‘qon va Farg‘onadagi zavodlari yagona kimyo klasteri, Simfonik orkestr va Milliy cholg‘u ansambli tashkil qilinad — kunning eng muhim xabarlari

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 12-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

Rossiyada qarovsiz qolgan 7 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Respublikamizning masʼul tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida xizmat safarida bo‘ldi.

Ushbu davlatning vakolatli tashkilotlari vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari”da saqlanayotgan, ota-onasi tomonidan qarovsiz yoki nazoratsiz qoldirib ketilgan 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Har yili 250 ming ichki va 75 ming xorijiy turistlar

Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, Marg‘ilonga har yili 250 ming ichki va 75 ming xorijiy turistlar kelmoqda. Bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun mehmonxona va xizmat ko‘rsatish joylarini ko‘paytirish zarurligi ta'kidlandi.

Qo‘qon va Farg‘onadagi zavodlar yagona kimyo klasteri bo‘ladi

 Qo‘qon superfosfat zavodi o‘rnida tashkil qilingan “Indorama Qo‘qon” korxonasi mineral o‘g‘it ishlab chiqarishni boshladi.  

Singapurlik hamkorlar “Farg‘ona azot”ni modernizatsiya qilishga ham 250 million dollar investitsiya kiritib, mahsulot hajmini yana 850 ming tonnaga oshirish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.  

Endilikda Qo‘qon va Farg‘onadagi ushbu zavodlar yagona kimyo klasteri bo‘ladi. Ularda suyuq o‘g‘itlar, natriy nitrati, magniy xlor kabi hozirda import bo‘layotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.  

Farg‘ona filarmoniyasida Simfonik orkestr va Milliy cholg‘u ansambli tashkil qilinadi

Madaniyat vazirligiga Farg‘ona filarmoniyasida Simfonik orkestr va Milliy cholg‘u ansamblini tashkil qilish topshirildi.  

Ushbu orkestr va ansambl sayyohlar eng ko‘p keladigan Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari, Rishton, Quva va Farg‘ona tumanlarida haftalik konsertlar o‘tkazadi.  

Shuningdek, Farg‘ona shahrida yangi tashkil bo‘layotgan “Eko shahar”da musiqa maktabini tashkil qilish bo‘yicha taklif kiritishga ko‘rsatma berildi.