$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 11-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Yo‘lovchilar oqimi 36 foizga oshdi

“Uzbekistan Airports” AJ asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini taqdim etdi. Unga ko‘ra joriy yilning birinchi yarmida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sezilarli o‘sish qayd etilgan.

6 oy davomida respublika aeroportlarida 53 ming 303 ta reys amalga oshirilgan. Shundan 16 ming 319 tasi ichki yo‘nalishga, 36 ming 984 tasi esa xalqaro yo‘nalishga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 37 foizni tashkil etgani qayd etilgan.  

Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan 2023 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 36 foizni tashkil etgan.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQSHda o‘qish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQSHning Vebster universiteti bilan bir necha yildan buyon o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, ikki muassasa o‘rtasida «Tibbiy biologiya» va «Oliy hamshiralik» bo‘yicha malakali mutaxassislarni Amerika standartlari asosida tayyorlashga ko‘maklashish haqida kelishib olingan edi.

Mazkur kelishuv doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti O‘zbekiston oliy tibbiy ta’lim muassasalari ichida birinchilardan bo‘lib Vebster universiteti bilan hamkorlikda «Hamshiralik ishi» yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzolandi.

"Kasseta" filmi xalqaro kinofestivalda taqdirlandi

Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan suratga olingan «Kasseta» qisqa metrajli filmi Rossiyaning Yaroslavl shahrida o‘tkazilgan «V krugu semi» kinofestivalida hakamlar hay’atining maxsus «Operatorlik ishi» uchun diplom mukofotini qo‘lga kiritdi.

Farg‘onada 7 milliard dollarlik investitsiya loyihalari

Keyingi yetti yilda Farg‘ona viloyatiga qariyb 77 trillion so‘mlik investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 116 mingta ish o‘rni va 4,5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan. 

Bu yil viloyatda 1,3 milliard dollarlik mingdan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. 

Endi Farg‘ona viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 7 milliard dollardan ziyod 132 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 2,1 milliard dollarlik 25 tasi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi. 

Теги :
Jamiyat